Qudiyarov Kishibay Ramatullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanishda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)». 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Iqt420.

Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  To‘raev  Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanishda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasini bosqichma-bosqich pasaytirish orqali korxonalar moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishda soliq solish mexanizmining ta’sirchanligini oshirish asoslangan;

korxonalarning foydasidan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar tarkibini moliyaviy hisobotlarning o‘rnatilgan me’yordan tashqari o‘tkazilgan audit xarajatlari hamda nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalarni chiqarib tashlash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;

umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi real sektor korxonalarda soliq solinadigan ob’ekti ilmiy asosga ega bo‘lmagan majburiy ajratmalarni bekor qilish orqali moliyaviy resurslar chetlanishining oldini olish tartibi asoslangan;

korxonalar tomonidan norasmiy ravishda mehnatga jalb etilayotgan xodimlar sonini keskin kamaytirish maqsadida mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan hisoblanadigan yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari korxonalarning miqyosi va ijtimoiy mas’uliyatidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Korxonalarning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanishda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

investisiyalar oqimlarini asosiy kapitalga yo‘naltirishni soliqlar vositasida rag‘batlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini bosqichma-bosqich 2 foizgacha tushirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 6 avgustdagi 16/1-17473-sonli,  “Chimboy don” mas’uliyati cheklangan jamiyatning 2018 yil 27 oktyabrdagi  71-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Chimboy don” MChJda bir yil mobaynida 352,2 mln. so‘m hajmidagi moliyaviy resurslarning korxona ixtiyorida qolishiga imkon yaratilgan;

soliq qonunchiligida yuridik shaxslarga soliqlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar manzilligini oshirish hamda soliqlarni hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar tarkibini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 6 avgustdagi 16/1-17473-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashda qonunchilikning turli xil talqin qilinishiga barham berilgan;

yirik korxonalardan undiriladigan soliq solinadigan ob’ekti ilmiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-son Farmonida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasining 2018 yil 7 sentyabrdagi 11-07329-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir yil mobaynida 3063,2 mln. so‘m hajmdagi moliyaviy mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi donni qayta ishlash korxonalari ixtiyorida qoldirilishi aniqlangan;

korxonalar tomonidan norasmiy ravishda mehnatga jalb etilayotgan xodimlar sonini keskin kamaytirish maqsadida mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan hisoblanadigan yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari korxonalarning miqyosi va ijtimoiy mas’uliyatidan kelib chiqib tabaqalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 6 avgustdagi 16/1-17473-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuridik shaxs ko‘rinishidagi korxonalarda mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda sog‘lom raqobat muhitining yaratilishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish