Toirov Olimjon Zuvurovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘-metallurgiya sanoatida tog‘-kon massasini qazish va ruda tayyorlash jarayonining energiya  samaradorligini oshirish», 05.05.01–Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T125.

Ilmiy maslahatchi: Kamalov Tolyagan Sirajiddinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Ilmiy-texnika markazi» MChJ.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.

Rasmiy opponentlar: Xashimov Arifjon Adilovich, texnika fanlari doktori, professor; Wojciech Nowak, texnika fanlari doktori, professor (Pol`sha Respublikasi); Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xomashyolarni tashish yo‘li bilan ruda tayyorlash agregatlari orasida bog‘lovchi zveno sifatida konveyer qurilmalarining energiya hajmini, hamda energiya-resurstejamkorlik potensialini aniqlash,  tog‘  massasini  qazish va ruda tayyorlash jarayonining energiya samaradorligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

generator-o‘zgarmas tok dvigateli, tiristorli o‘zgartirgich-o‘zgarmas tok dvigateli va chastota o‘zgartirgich-asinxron dvigateli tizimlarida ekskavator mexanizmlaridagi har bir tashkil etuvchilarining FIKni hisobga olgan holda elektr yuritmada rostlanuvchi o‘zgartirgich bilan energiyani o‘zgartirishning struktura sxemalari ishlab chiqilgan;

rudalarni qazishda asosiy texnologik va energetik parametrlarni xisobga olgan holda ekskavatorlarning ishchi va nominal ish rejimlarida matematik modeli va elektr energiya sarfi me’yorini baholash ishlab chiqilgan;

«chastota o‘zgartirgichi–dvigatel`-konveyer» chastotaviy rostlanuvchi elektr yuritma tizimlarining energiya va resurstejamkor ish rejimlari ishlab chiqilgan;

dinamik rejimlarni hisobga olgan holda konveyer lentasini jadal  emirilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy va boshqaruvchi omillar aniqlangan, ekspluatatsiya jarayonida konveyer qurilmalari lentasi emirilishining matematik modeli ishlab chiqilgan;

asosiy ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan xolda tog‘  massasini  qazish va ruda tayyorlash jarayonida energetik samaradorlikni baholash uchun rudani qazib olish va tashishga elektr energiya sarfini me’yorlashning usuli  ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish metodologiyasidan foydalanish va tog‘-metallurgiya sanoatida tog‘ jinslarini qazib olish va rudani tayyorlash jarayonining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

mavjud bo‘lgan o‘zgarmas tok generatori tizimini almashtirish va yuritma dvigatelini  tiristorli o‘zgartirgich-dvigatel`  bilan almashtirish va Kal`makir kar`eri Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bo‘yicha turli boshqaruv tizimlari bilan ishlaydigan ekskavatorlarning energiya samaradorligini aniqlash usuli joriy etildi («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»ning 2018 yil 24 oktyabrdagi 31-10-403-son ma’lumotnomasi). Natijada 369 ming kVt∙soatga elektr energiyasini tejash imkoni yaratilgan;

lentali  konveyerning boshlang‘ich rejimining nazorat qilish tizimi S-shakldagi chastotalarni boshqarish qonuniga muvofiq faol stator qarshiligidagi kuchlanishning kamayishi va chastota o‘zgartirgich asosida 0 dan 1/3fn gacha bo‘lgan qo‘shimcha forsirovkali tizim Misni boyitish fabrikasida joriy etildi («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»ning 2018 yil 24 oktyabrdagi 31-10-403-son ma’lumotnomasi). Energiya tejamkor konveyer tizimlari bo‘yicha ushbu usullarni qo‘llash energiya sarfini 5-10% ga qisqartirdi. Natijada yiliga mis ishlab chiqarish zavodida 809424 kVt soatga elektr energiyasini tejash imkoni yaratilgan;

Misni boyitish fabrikasida rudani qazib olishning energiya samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida alohida mashinalar uchun elektr energiyasidan foydalanishning solishtirma sarf me’yorlarini  aniqlash uslubi joriy etildi («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»ning 2018 yil 24 oktyabrdagi 31-10-404-son ma’lumotnomasi). Natijada birlik  maxsulotni ishlab chiqarish uchun solishtirma me’yorni tonnasiga 0,49 kVt soatni tejash imkoni yaratilgan;

rudani qayta ishlash bo‘yicha energiya tejash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish uchun butun Misni boyitish fabrikasi bo‘yicha elektr energiyasining sarfini me’yorlash usullari joriy etildi («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»ning 2018 yil 24 oktyabrdagi 31-10-404-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya iste’molini 2%ga tejash  imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish