Shaismatov Sayfulla Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektr tarmoqlarida elektr energiya sifatini boshqarish usullari, boshqaruv tizimlari algoritmlari va eksperimental tekshiruvlar», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektroenergetik stansiyalar, tizimlar. Elektrotexnik komplekslar va qurilmalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T923
Ilmiy rahbar: Allaev Qahramon Rahimovich, t.f.d., professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibov To‘lqin Shernazarovich, texnika fanlar doktori, professor; Sitdikov Rashid Abduraxmanovich, texnika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yul muxandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy elektr tarmoqlarida garmonika tarkiblarini tajribalar utkazish orkali elektr energiya sifatini boshqarish usullari va algoritmlarini tahlil qilish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir fazali va uch fazali elektr tarmoqlarida tugunlar tenglamasi usuli asosida yuqori garmonikalarni tadqiq qilish sxemalari ishlab chiqilgan;
elektr tarmog‘i qismlaridagi yuqori garmonikalar ta’sirida paydo buluvchi reaktiv quvvat yo‘qotilishlarini hisoblash algoritmi yaratilgan;
nochiziq yuklamali elektr tarmoqlarida aktiv va passiv fil`trlar asosida elektr energiya sifatini boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
yuqori garmonika tarkiblari tartibini Fur`e diskret va tez o‘zgarishlar usullari orqali hisoblash algoritmi va dasturi ishlab chiqilgan;
elektr tarmog‘i qismlarida yuqori garmonikalar va reaktiv quvvatni hisobga oluvchi «Malika-01» o‘lchagichi uchun qo‘shimcha blok ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr tarmoqlarida elektr energiya sifatini boshqarish bo‘yicha taklif qilingan usullar, algoritmlar va eksperimental natijalar asosida:
elektr tarmog‘i qismlarida yuqori garmonikalar ta’sirida paydo bo‘ladigan qo‘shimcha yo‘qotishlarni baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan usul, yuqori funksional imkoniyatlarga ega ishlab chikilgan va takomillashtirilgan «Malika-01» o‘lchash vositasi «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining korxonalarida, shu jumladan Toshkent shahar elektr tarmoqlar korxonalarida tatbiq qilingan («O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 03 dekabrdagi RM–01–21/6845-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi nosimmetrik rejimlarda yuqori garmonikalar ta’sirida paydo bo‘ladigan qo‘shimcha yo‘qotishlarni aniqlash va 2-3 % ga kamaytirish imkonini bergan;
yuqori garmonikalar hisobga olingan holda reaktiv quvvat yo‘qotilishlari hisoblash algoritmi asosida ishlaydigan 05.13919-2018-son «Malika-01» o‘lchash vositasini «O‘zstandart» agentligi tomonidan metrologik attestatsiyasi o‘tkazilgan («O‘zstandart» agentligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 1608-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori garmonikalarni tahlil qilish imkonini bergan.