Sayt test rejimida ishlamoqda

Ataboev Omonboy Kurbanboevichning

falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «A2V6 yarimo‘tkazgichli birikmalar CdSxTe1-x−ZnxCd1-xTe qattiq qorishmalari asosidagi injeksiyali fotodiodlar», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2017.2.PhD/FM79.

Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirsagatov Shavkat Akramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.

Rasmiy opponentlar: Utamuradova Sharifa Bekmuradovna, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mavlonov G‘iyosiddin Haydarovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Dissertatsiya tadqiqotlari yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Elektromagnit nurlanish spektrining ko‘zga ko‘rinadigan sohasida fotosezgirligi boshqariluvchan CdSxTe1-x−ZnxCd1-xTe qattiq qorishmalar asosida yaratilgan geterotuzilmalardagi fotosezgirlik va tok o‘tish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ZnxCd1-xTe qattiq qorishmasi yuzasiga vakuumda 250°S taglik haroratida kadmiy sul`fidi o‘stirilib, geteroo‘tish chegarasida CdSxTe1-x va ZnxCd1-xTeyS1-y qatlamlari shakllanishi hisobiga kristall panjaralari parametrlarining nomuvofiqligini bartaraf etish imkonini beruvchi nCdS–rZn0.35Cd0.65Te–geteroo‘tishini hosil qilishning texnologik rejimi optimallashtirilgan va ular asosida, elektromagnit nurlanish spektrining ko‘rish sohasida yuqori fotosezgirlikka ega bo‘lgan fotodiod tuzilmalari olingan;

sirt holatlari zichligining kichikligi (~3.5·1010 eV-1·sm-2) hisobiga nCdS−rZn0.35Cd0.65Te-geteroo‘tishli tuzilmaning fotosezgirligini susaytirmasdan 0.49 dan 0.735 mkm gacha bo‘lgan spektral diapazonda optik signallarni qayd qilish xususiyati tajribada aniqlangan va uning asosida modda atomi-ning emissiya spektri bo‘yicha metall qotishmalarning kimyoviy tarkibini aniqlovchi spektroanalizator uchun qayd qiluvchi qurilma - fotodiod ishlab chiqilgan;

qorong‘ulikda hamda integral va monoxromatik lazer nurlanishli yorug‘lik bilan yoritilganda In–n+-CdS−CdSxTe1-xpZn0.35Cd0.65Te−Mo-geterotuzilmada kichik tok zichliklarida rekombinatsiya jarayonlari oddiy mahalliy markazlarining qatnashishi bilan, katta tok zichliklarida esa bu jarayonlarning inertligini oshiruvchi, ichida elektron almashinishlar ro‘y beruvchi murakkab komplekslari ishtirok etishi bilan ro‘y berishi aniqlangan;

fotosezgir In-n+-CdS−n-CdSxTe1-xp-Zn0.35Cd0.65Te−Mo-geterotuzilmada to‘g‘ri tok rejimida 203÷373 K haroratlar oralig‘ida bipolyar dreyfli tok o‘tish mexanizmli uzun diod shartlari amalga oshishi tajribada ko‘rsatilgan;

In-n+-CdS−n-CdSxTe1-xp-Zn0.35Cd0.65Te−Mo-geterotuzilmada to‘g‘ri tok yo‘-nalishidagi kichik kuchlanishlarda fotosezgirlik diapazonining qisqa to‘lqinlar 0.49÷0.53 mkm va uzun to‘lqinlar 0.71÷0.85 mkm sohasida nomuvozanat zaryad tashuvchilarning qarama-qarshi diffuziyali va dreyfli oqimlarining kompensatsiyasiga asoslangan fototok yo‘nalishining inversiyasi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektromagnit nurlanish spektrining ko‘zga ko‘rinadigan sohasida fotosezgirlik spektri boshqariluvchi CdSxTe1-x−ZnxCd1-xTe qattiq qorishmalar asosida yaratilgan getero-tuzilmalardagi fotosezgirlik va tok o‘tish mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalari asosida:

qorong‘ulikda, hamda integral va monoxromatik lazer nurlanishi ta’sirida yarimo‘tkazgichlarda yuz beradigan rekombinatsiya jarayonlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar F-2-37 raqamli «Yarimo‘tkazgichlarda nuqsonlar hosil bo‘lishining lazerli induksiyalangan nochiziqli jarayonlarining xususiyatlari» fundamental loyihasida lazer nuri intensivligini nazorat qilish va boshqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 maydagi 89-03-1926-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish lazer nuri ta’sir ettirilgan yarimo‘tkazgichdagi nuqsonlarni zararsiz ekspress tahlil qilish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan metall qotishmalarning kimyoviy tarkibini emissiya usuli bilan tezkor aniqlovchi spektr tahlillagichi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariluvchi konstruksiyalarning tarkibini aniqlash uchun qo‘llanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 28 maydagi NG/2653-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish metall qotishmalardagi (Cu, Fe, Si, In, Mo, Ni, W, Te, Ag, Au, C, Al, Zn, Ti, Cr, Mn) kimyoviy elementlarning tarkibini aniqlash vaqtini absorbsiyalash usuliga nisbatan 10 marta qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish