Xodjiakbarova Shaxnoza Turabekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aloe arborescens mill asosida dori vositasi va biologik faol qo‘shimchalar texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Far39.

Ilmiy rahbar: Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.

Rasmiy opponentlar: Sodiqov Alimdjan Zairovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘xtaev Hakim Rahmonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish standartizatsiyasi davlat markazi» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: aloe va katta qoncho‘p dorivor o‘simliklari quruq ekstraktlari asosida yangi samarali preparat, biologik faol qo‘shimcha (BFQ) va kosmetik vositalar tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor aloe va katta qoncho‘p quruq ekstraktlari asosida olingan yuqori samarali stomatologik preparat, oshqozon yarasini davolashda ishlatiladigan BFQ va xusnbuzarlarni davolashga mo‘ljallangan kosmetik gelining tarkib va mo‘tadil texnologiyasi ishlab chiqilgan;

aloe va katta qoncho‘p quruq ekstraktlari asosida olingan stomatologik preparat, oshqozon yarasini davolashda ishlatiladigan BFQ va xusnbuzarlarni davolashga mo‘ljallangan kosmetik gelini standartlash usullari va sifat me’yorlari ishlab chiqilgan;

stomatologik preparat, oshqozon yarasini davolashda ishlatiladigan BFQ va xusnbuzarlarni davolashga mo‘ljallangan kosmetik gelning farmakologik ta’siri va bezararligi aniqlangan;

stomatologik preparat, oshqozon yarasini davolashda ishlatiladigan BFQ va xusnbuzarlarni davolashga mo‘ljallangan kosmetik geli uchun sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarni turg‘unligini ta’minlovchi saqlanish sharoitlari va yaroqlilik muddatlari belgilangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yaratilgan dori preparati va BFQlarining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Denta aloe» preparati uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti bo‘yicha tegishli qarorga muvofiq hujjatlar olingan (№19492, 14.12.2018 y. IA). Natijada yaratilgan yalig‘lanishga qarshi antiseptik ta’sirga ega tarkib stomatit kasalligini samarali davolash imkonini bergan;

BFQ «Saburi» siropi uchun ishlab chiqilgan me’yoriy-texnik hujjatlar (texnologik ko‘rsatmalar, Ts 25728872-002:2017) «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya boshqarmasidan tibbiyotda qo‘llash va ishlab chiqarish uchun ruxsatnomasi olingan (ruxsatnoma 29.06.2017 y.; №000097). Natijada oshqozon yallig‘lanish kasalligini davolashda sifatli, iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lgan BFQni ishlab chiqarilishi importni qisqartirish, bir qator tibbiy muammolarni hal qilish imkonini bergan;

BFQ «Saburi» siropi sanoat miqyosida MChJ «Strong Farm» mahalliy farmatsevtika korxonasida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan (18.09.2017 y.). Natijada oshqozon yarasini davolashda ishlatiladigan dori vositalarining assortimentini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish