Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmedov Xalmurad Sadullaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning turli iqlim-geografik va ekologik hududlarida revmatoid artrit o‘ziga xos kechishi va oldini olishdagi chora-tadbirlarni takomillashtirish», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib.1.

Ilmiy maslahatchi: Gadaev Abdig‘affor Gadoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Yilixamu Tuoxeti, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Etakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: tashqi muhit omillari ta’sirida revmatoid artritda klinik-funksional buzilishlarni aniqlash va shu kasallikda profilaktika-davo tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: revmatoid artritda bo‘g‘im sindromi, uning agressivligi rivojlanishidagi erta destruksiyalanish mexanizmi asoslangan va uning avjlanishida ksenobiotiklar (Al vaNi) roli isbotlangan;

revmatoid artritga chalingan reproduktiv yoshdagi ayollarda gipoprogesteronemiya negizida hujayraviy himoyalanish jarayoni va ulardagi differensiyalovchi antigenlar (CD11b+, CD18+, CD25+ va CD95+) ekspressiyasidagi buzilishlar aniqlangan;

revmatoid artritda vodorod ftoridi (FH) yuklamasi negizida T- hujayralar apoptozining haqqoniy avjlanishi aniqlangan va uning immun tizimi nomutanosibligidagi o‘rni asoslangan;

revmatoid artritda bemorlar yashash joyiga ko‘ra klinik belgilari darajasining dinamikasini o‘ziga xosligi va tizimlanish jarayonini shakllanishiga olib keluvchi tashqi xavf omillari (NO2, FH, Cd, Al va Pb) aniqlangan;

revmatoid artritda turli iqlimiy fizik ko‘rsatkichlari  (Ki, S, Km va Ko‘r) negizida faollanish (DAS28 va SDAI) va klinik remissiyalanish (2,6>DAS28>6 oy) jarayonini dinamikasi orqali mazkur kasallikka iqlimning qulaylik darajalari ishlab chiqilgan;

revmatoid artritda profilaktika reabilitatsiya tadbirlari negizida progesteron tanqisligini korreksiyalashning ahamiyati asoslangan va ushbu taktika uzoq klinik remissiyalanishni ta’minlashi isbotlangan.  

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

RAga chalingan bemorlarda yashash mintaqalaridagi klinik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

“Umumiy shifokor amaliyotida revmatoid artritga chalingan bemorlarda statsionarlararo davrda patogenetik davo negizida reabilitatsiya tadbirlar dasturi” uslubiy tavsiyanoma umumiy amaliyot shifokorlari uchun ishlab chiqilgan va rasmiylashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 martdagi 8N-d/20-son ma’lumotnomasi);

revmatoid artritda profilaktik tadbirlari negizida progesteron etishmovchiligini korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent shahridagi 9- va 20-sonli oilaviy poliklinikalar amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 martdagi 8N-d/20-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar natijasida  RAning kasallik klinik remissiyasini 64% va uning barqarorligi 61,3% gacha erishishni ta’minlab, bemorlarning sog‘lig‘idagi muammolari yuzasidan murojaatlar sonini 45,4% va ularda shifoxonada davolanish ehtiyojini 32,8% gacha kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish