Madenov Berdimurat Dauletmuratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noorganik qo‘shimchalar tutgan termik barqaror ammoniy selitrasini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T169.

Ilmiy rahbar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitra (AS) suyuqlanmasiga noorganik qo‘shimchalar qo‘shish asosida termik barqaror fosfatlashtirilgan ammiakli selitra olish va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

AS suyuqlanmasiga fosfatli tuzlarni qo‘shish yo‘li bilan eng kam g‘ovoqlik va ichki yuza, sezilarli darajada kam detonatsion qobiliyatga ega konsentrlangan azot-fosforli o‘g‘itlar olish usuli ishlab chiqilgan;

monokal`siyfosfat fosforining 175°S da suvda eruvchan shakldan polimorf shaklga qisman o‘tishi, undan tashqari NH4NO3 ning di- va trikal`siyfosfat bilan eruvchan kal`siy nitrati va fosfatlarini hosil qilish orqali o‘zaro ta’sirlashuv reaksiyasi borishi aniqlangan;

fosfat tuzlari va kremniyli minerallarning AS donalar mustahkamligini oshirish va yopishqoqligini kamaytirishiga ta’siri aniqlanib, kristallanish markazlari hosil qilgan holda ularning NH4NO3 kristallari o‘lchamini kichiraytirishi, shu orqali donalarning takomillashgan tuzilishini hosil qilishi isbotlangan;

yuqori haroratlarda NH4NO3 o‘zining nordon xossasi evaziga fosfat xomashyosini faollashtirish mexanizmi, ya’ni undagi R2O5 va kal`siyni o‘zlashmaydigan shakldan o‘zlashadigan shaklga o‘tishi isbotlangan;

III®IV faza o‘tishini chetlagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri II®IV polimorf fazaga o‘tish mavjudligi aniqlanib, bu donalarning kristall panjarasi kam deformatsiyasini va sferik shakl turg‘unligini ta’minlashi isbotlangan;

fosfatli qo‘shimchalarning NH4NO3 detonatsion xossasini bartaraf qilish va uning struktura buzilishi haroratini 211 dan 272oS gacha oshirgan holda ingibitirlovchi ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ammoniy nitrati suyuqlanmasi, fosfatli tuzlar va Qoraqalpoq agrorudalari asosida termik barqaror selitra olish texnologiyasini ishlab chiqish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:

AFU-M (azotfosforli o‘g‘it-modifikatsiyalangan)ga texnik shart (TSh 00203849-117:2015) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur texnik shart suvda eruvchan fosforli qo‘shimchali mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilishga imkon beradi;

ammoniy nitrati suyuqlanmasi va Qoraqalpoq fosforit uni asosida azotfosforli o‘g‘it olish texnologiyasi «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning 2018 yil 9 noyabrdagi 03/11624-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi turdagi azotfosforli o‘g‘it olish barabarida ammoniy nitratining termik barqarorligini ta’minlash imkonini bergan;

ammofos yordamida fosfatlashtirilgan selitra olish texnologiyasi «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy qilingan («Navoiyazot» AJning 2018 yil 9 noyabrdagi 03/11624-son ma’lumotnomasi). Natijada 275 tonna AFU-M o‘g‘iti ishlab chiqarilgan va uni qishloq xo‘jaligi paxta maydonlarida qo‘llash orqali hosilni standart o‘g‘it (NPK) variantiga solishtirganda 1,4–3,07% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish