Turdialiev Umid Muxtaralievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ammoniy nitrat suyuqlanmasi va bentonit gillari asosida yopishqoqligi va portlovchanlik havfi bo‘lmagan ammiakli selitra olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T217.

Ilmiy maslahatchi: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarova Mastura, texnika fanlari doktori, professor; Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ammoniy nitrati suyuqlanmasi va mahalliy bentonit gillari asosida agrokimyoviy xossasini saqlagan, yaxshilangan fizik-kimyoviy va portlash havfi kamaygan xossalarga ega yopishqoqligi bo‘lmagan va termik barqaror amiakli selitra olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston bentonit gillarining fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalarini aniqlash asosida ammiakli selitrani (AS) modifikatsiyalovchi sifatida yaroqliligi aniqlangan;

bentonit gillarining maqbul namligi (1–1,5%) va zarralar o‘lchami (0,04 mm), AS:BG=100:(1–1,5) og‘irlik nisbatlari topilgan, natijada yopishqoqligi bo‘lmagan AS donalari mustahkamligi brusit va magnezit kabi import qo‘shimchalari bilan bo‘lgan selitraga nisbatan 1,5–2 barobar, yopishqoqligi esa 2–3 barobar kamayganligi isbotlangan;

ASning bentonitga maqbul nisbatida (100:22) uning portlovchilik xossasi pasayib, mahsulotning g‘ovoqligi va shimilish darajasi toza NH4NO3ga nisbatan mos ravishda 4,9 va 1,8 barobar kam, donalar mustahkamligi esa 6,5 barobar oshgani isbotlangan.

bentoselitra suyuqlanmasini sovitishda toza AS dan farqli ularoq III fazaning yo‘qolishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri IV®II ga polimorf o‘tishning hosil bo‘lishi, u o‘z navbatida harorat o‘zgarishlarida (25–55°S) donalar buzilmasdan ASning barqaror qolishi aniqlangan;

bentonit gilining kristallik tuzilishni zichlashtirishi hisobiga ASning struktura buzilish haroratini 211 dan 245oS gacha oshirganligi va uning parchalanishini sekinlashtiruvchi sifatida ta’sir ko‘rsatishi, AS ni qizdirishda bentonit gili ijobiy buferli ta’sir ko‘rsatishi va uning rN ko‘rsatkichini barqarorlashirishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ammoniy nitrat suyuqlanmasi va bentonit gillari asosida yopishqoqligi va portlovchanlik havfi bo‘lmagan ammiakli selitra olish texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

donadorlangan ammiakli selitra olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05400, 2017 y.). Natijada ASni bentonit gili yordamida modifikatsiyalash orqali azotli o‘g‘itning yopishqoqligini kamaytirish, mustahkamligini va termik barqarorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;

bentonit gillari qo‘shimchali termik barqaror AS texnologiyasi «Navoiazot» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 23 noyabrdagi 03-603/A-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosining haqiqiy qo‘shimcha hosili o‘rtacha 6,45% (yoki 1 ta o‘simlikga 7,15 g va 1 ga hisobida paxtaning qo‘shimcha hosili–3,5 sentner) oshirish imkonini bergan;

modifikatsiyalashtirilgan selitra olish texnologiyasi «Navoiazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiazot» AJning 2018 yil 30 noyabrdagi 12321-son ma’lumotnomasi). Natijada yopishqoqligi bo‘lmagan AS ishlab chiqarishida chetdan keltirilayotgan magnezitli qo‘shimchani bentonit giliga almashtirish qo‘shimcha xom ashyosin tannarxini 9 barobar, tayyor mahsulot bentoselitra tannarxini esa oddiy ammiakli selitraga nisbatan 1,2–1,5 barobar kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish