Nuriddinova Xurshida Toshevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chirchiq daryosi havzasi asosiy tuproqlari azot fondi va uning dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishi», 06.01.04–Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx14.

Ilmiy rahbar: Boirov Abdunabi Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Riskieva Xurshida Tursunovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Atabaev Ma’ruf Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Chirchiq daryosi havzasi o‘rta va quyi oqimi tuproqlari azoti fraksiyaviy tarkibining dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishlarini aniqlash asosida tuproq azot fondini maqbul boshqarishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor havza o‘rta va quyi oqimi tuproqlari azoti fraksiyaviy tarkibiga tuproqlar xususiyatlari va rivojlanishi sharoitlari (joyning dengiz sathidan balandligi va qiyalik ekspozisiyasi) ning ta’siri aniqlangan;

to‘q tusli va tipik bo‘z tuproqlar azot fondi va uning fraksiyaviy tarkibining dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishlari aniqlangan;

«g‘o‘za-kuzgi bug‘doy» tizimida mineral o‘g‘itlar bilan birga go‘ngni turli me’yorlarining tuproq azot fondiga,  «tuproq-o‘g‘it-o‘simlik» tizimida azot muvozanatiga ta’siri aniqlangan;

ushbu tizimda mineral o‘g‘itlar bilan birga qo‘llanilgan go‘ngning tuproqda gumus va azotning defisitsiz va ijobiy muvozanatini hamda ekinlarning yuqori hosildorligini ta’minlovchi maqbul me’yorlari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Chirchiq daryosi havzasi asosiy tuproqlari azoti fraksiyaviy tarkibining dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

«Sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligi va «g‘o‘za-kuzgi bug‘doy» tizimida ekinlar hosildorligini ta’minlashda mineral va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 07/023-178-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari tuproqlarining agrokimyoviy xususiyatlarini hamda g‘o‘za va kuzgi bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishi yaxshilanishi aniqlangan;

tuproqda gumus va azotning ijobiy muvozanatini  ta’minlovchi mineral va organik o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash agrotadbiri Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 52 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 07/023-178-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha gektaridan 4,1-4,8 sentner paxta hosili, kuzgi bug‘doydan qo‘shimcha 5,8-6,5  sentner don hosili olishga hamda fermer xo‘jaliklari ekin maydonlari tuproqlarini gumus va azotga boyitishga erishilgan;

mineral va organik o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning tavsiya etilgan maqbul me’yorlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklarida 22 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 07/023-178-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari tuproqlari unumdorligini saqlagan holda, qo‘shimcha  gektaridan 3,7-4,4 sentner paxta hosili, kuzgi bug‘doydan qo‘shimcha 5,3-6,6 sentner don hosili olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish