Normuratov Ilxom Turg‘unovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Intensiv bog‘lar barpo qilish uchun urug‘mevalilar kuchsiz o‘suvchi ko‘chatlarini etishtirishning ilmiy asoslari», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Qx37.
Ilmiy maslahatchi: Sultonov Komolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Maxsud Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Berdiev Erkin Turdalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: intensiv bog‘lar barpo qilish uchun kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarda nok va olma ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqish va texnologik jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nok va olmani kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarining ona ko‘chatzordagi holati xo‘jalik-biologik baholangan;
payvandtaglar ona tuplari parxish mahsuldorligi va sifatining payvandtag turini biologik xususiyatiga bog‘liqligi aniqlangan;
payvandtaglar ona tuplari parxish novdalarining ildiz olishiga ona tuplarni joylashtirish sxemalarining ta’siri aniqlangan;
nok va olma payvandtaglarini yashil qalamchasining eng yaxshi ildiz oluvchanligini ta’minlovchi o‘stiruvchi modda IMK (indolil moy kislotasi) va ISK (indolil sirka kislotasi) ning maqbul konsentratsiyasi aniqlangan;
nok va olma payvandtaglari yashil qalamchalarining ildiz oluvchanligi bilan ularni tayyorlash muddati o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasi (r=0,87) aniqlangan;
interkalyar payvand qilish usulida nok navlarining behiga mos kelmasligini bartaraf etish mumkinligi aniqlangan;
urug‘mevalilar payvandtaglarini kurtak payvand qilishda payvandust kurtaklarning tutuvchanligi va standart ko‘chatlar chiqish miqdoriga payvandtag turi, kurtakosti yog‘ochlikning ta’siri va payvand qilishning qulay balandligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Intensiv bog‘lar barpo qilish uchun kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarda urug‘mevalilar ko‘chatlari etishtirish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari uchun «Kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarda intensiv olma va nok bog‘larini barpo qilish» mavzusidagi tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noryabrdagi 02/030-209-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida payvandtag etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
olma va nokning vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarini parxishlash usulida ko‘paytirish texnologik ishlanmasi Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bog‘zorlarida 0,9 gektar, Parkent tumanidagi «Norchontol» fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, «Shomaxmud Nazira» fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, «Mard ota» fermer xo‘jaligida 0,6 gektar, «Gulbog‘ O‘taboev O‘ktam» fermer xo‘jaligida 0,3 gektar, jami 2,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noryabrdagi 02/030-209-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan o‘rtacha 72400 donadan ortiq payvandtag materiali, o‘rtacha 76722 dona/ga ko‘chat olishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik payvandtag etishtirishda ananaviy usulga nisbatan 0,6 foiz yuqori, ko‘chatlar realizatsiyasida o‘rtacha 0,2 foizni tashkil etgan;
urug‘mevalilarning vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarini yashil qalamchasidan jadal ko‘paytirish texnologik ishlanmasi Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti ekin maydonlarida 0,1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noryabrdagi 02/030-209-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida maxsus inshootda 80 ming dona payvandtag materiali olingan va iqtisodiy samaradorlik ananaviy usulga nisbatan 0,8 foizni tashkil etgan;
urug‘mevalilar payvandtaglarini kurtak payvand qilishda payvandust kurtaklarning tutuvchanligi va standart ko‘chatlar chiqish miqdoriga kurtakosti yog‘ochlikning ta’siri ishlanmasi Parkent tumanidagi «Gulbog‘ O‘taboev O‘ktam» fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, «Sardor» fermer xo‘jaligida 0,5 gektar jami 0,9 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noryabrdagi 02/030-209-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga o‘rtacha 71778 dona ko‘chat etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha ananaviy usulga nisbatan 0,12 foizga oshganligi aniqlangan;
kurtak payvandning tutishi, rivojlanishi va standart ko‘chat chiqishiga payvand qilish muddatining ta’siri ishlanmasi Parkent tumanidagi «Mirpo‘lat» fermer xo‘jaligida 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noryabrdagi 02/030-209-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 39900 dona nok ko‘chati etishtirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik ananaviy usulga nisbatan 0,7 foizni tashkil etgan;
kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarda olma va nok ko‘chatlarini etishtirishning takomillashtirilgan texnologiyasi Parkent tumanidagi «Shomaxmud Nazira» fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, «Inoqov Akrom» fermer xo‘jaligida 0,6 gektar, Bo‘stonliq tumanidagi «Abduraxim va Ruxsatgul» fermer xo‘jaligida 0,8 gektar jami 2,3 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 noryabrdagi 02/030-209-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga o‘rtacha 67304 dona ko‘chat etishtirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik gektariga o‘rtacha 0,8 foizni tashkil etgan.