Tillabaev Mirzatillo Alisherovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy nazorat organlari o‘zaro hamkorligining nazariy-amaliy jihatlari», 12.00.10−Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Yu24.
Ilmiy maslahatchi: Saidov Akmal Xolmatovich, akademik, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Bobokulov Inomjon Ibragimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; To‘laganov Abdumannop Abdujabborovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning nazariy metodologik asoslarini, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish hamda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Biznec-ombudsmanning vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar asoslantirilgan;
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro organlarning funksiyalari va ularning vakolatlarida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonini kuchaytirish zarurati asoslangan;
Bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha ombudsman institutini joriy etish taklifi asoslantirilgan;
Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha deklaratsiyasi loyihasiga kiritish uchun inson huquqlari sohasida ta’lim ta’lim, petisiya bilan murojaat qilish hamda axborot olish huquqlar, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni ta’sis etish to‘g‘risida takliflar asoslantirilgan;
inson huquqlari sohasida qonunchilikni takomillashtirish, jumladan, Oliy Masjlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz huquqiy maqomiga oid qonun hujjatlariga aniq takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy nazorat organlari o‘zaro hamkorligining nazariy-amaliy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 10 iyundagi 02/510-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil vakolatlarini kuchaytirish, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish hamda inson huquqlari sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
inson huquqlari bo‘yicha BMTning shartnomaviy organlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha shartnomalari bajarilishiga oid milliy ma’ruzalarni, tahliliy va axborot materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 2018 yil 15 iyundagi 01-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar BMT tuzilmalariga hisobotlar taqdim qilish va ularning tavsiyalarini bajarish mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha kengashning quyidagi rezolyusiyalari loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
Bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha ombudsman institutini joriy etish bo‘yicha taklifi “Bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha ombudsman to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2018 yil 25 maydagi 04/125-con ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar qonun loyihasining Ombudsman maqomi va vakolatlari, faoliyat yo‘nalishlari, murojaatlar bilan ishlash vazifalari, Ombudsmanning xalqaro hamkorlikdagi ishtiroki bilan bog‘liq normalar bilan takomillashtirishga xizmat qilgan;
inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy shartnomalarni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha deklaratsiyasi loyihasiga takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2018 yil 25 maydagi 04/125-con ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar loyihaga inson huquqlari sohasida ta’lim, petisiya bilan murojaat qilish hamda axborot olishga bo‘lgan huquqlar, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni ta’sis etish to‘g‘risidagi qo‘shimchalar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 27 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunini tayyorlashda, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining huquqiy maqomi va vakolatlarini yanada takomillashtirishga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2018 yil 8 iyundagi 01-01/168-son; Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2018 yil 25 maydagi 04/125-con ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar parlament Ombudsmani hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz vakolatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlar bajarish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.