Raxmatullaeva Gulnora Qutpitdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya qon tomirlari tug‘ma anomaliyalaridagi sefalgik sindromlarning kliniko-patogenetik strukturasi», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib159.
Ilmiy rahbar: Xalimova Xanifa Muxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyor Gafurovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Ma’mur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.P.Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bosh miya tomirlari anamaliyalarining klinik-nevrologik, molekulyar-genetik, neyrovizualizatsion xususiyatlarini o‘rnini va sefalgik sindromni erta tashxislash va bashoratlashda davolash profilaktik taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya tomirlari anomaliyasi kuzatilgan bemorlarda sefalgik sindromni klinik-nevrologik ko‘rinishlarini o‘ziga xos xususiyatlari isbotlangan;
bosh miya tomirlarida anamaliyasi bo‘lgan bemorlarda migren klinikasining farq qilishi, bu angiodisplaziyaning turi va uchrash soniga bog‘liqligi isbotlangan;
VEGFA, MMR 3, MMR9, Col 4al genlarini angiodisplaziyalar bilan, jumladan migren bilan, shuningdek Col 4al genining biriktiruvchi to‘qimaning nomaxsus displaziyasini rivojlanishi bilan bo‘lgan aloqasi isbotlangan;
bosh miya tomirlari anomaliyasi bilan sefalgiyani bashorat qilish differensial tashxislash taktikasi asoslangan;
bosh miya tomirlari anomaliyasi bilan sefalgiyani davolash taktikasi mexanizmlari va klinik-nevrologik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya qon-tomirlari tug‘ma anomaliyalaridagi sefalgik sindromlarni aniqlashga qaratilgan yangi yondoshuvlar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
«Migren. Muammoni echimi va tashxislashga qarashlar evolyusiyasi» nomli uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 21 iyundagi 8n-d/47-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bosh miya tomirlarida tug‘ma anomaliyasi bo‘lgan va bo‘lmagan bemorlarda migrenni tashxislash, shuningdek kasallik asoratlarni oldini olish va davolash, bemorlarni olib borishga differensial yondashuvni yuritish imkonini bergan;
Bosh miya qon-tomirlar anamaliyalaridagi sefalagik sindromilarning klinik-patogenetik strukturasi baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida kasallikni oldini olish va yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-son klinikasi, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 8n-z/66-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bosh miya tomirlari tug‘ma anomaliyalarida sefalgik sindromni tashxislashni yaxshilash, kasallikni kechishi va yakunini belgilash, asoratlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni optimallashtirish, shuningdek, bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.