Xujanazarov Ilxom Eshkulovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tirsak bo‘g‘imi posttravmatik deformatsiyalarda differensial xirurgik yondashuv», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib13.

Ilmiy maslahatchi: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01

Rasmiy opponentlar: Merkulov Vladimir Nikalaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Djuraev Axror Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zolotova Natal`ya Nikalaevna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: G.I.Turner nomidagi bolalar ortopediyasi ilmiy-tekshirish instituti Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi)

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: deformatsiya turiga mos ravishda tirsak bo‘g‘imining anatomik shakli va funksiyalarini tiklash bilan tashxislash usullarini optimallashtirish hamda xirurgik korreksiyalashga differensiallashgan yondashuvni ishlab chiqish yo‘li orqali bolalarda tirsak bo‘g‘imining shikastdan keyingi deformatsiyalarini davolash usullarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bolalarda nur tekshirish usullari verifikatsiyasi yordamida TBPTDda kasallik xarakteri namoyon bo‘lishini bashoratlashning ahamiyati, og‘irlik darajasi va ularning asoratlari o‘rganildi;

tirsak bo‘g‘imi og‘ir deformatsiyalarini xirurgik davolash usulini differensial tanlash, uning anatomik shakli shakllanish bosqichlari va bolalar reabilitatsiyasining barcha bosqichlarida lokomotor funksiyani optimizatsiyalashtirishning klinik tashxislash kriteriyalari ishlab chiqilgan;

bolalarda tirsak bo‘g‘imi qismida sinishlardan keyingi turli deformatsiyalarni operativ korreksiyalashni tanlashni optimallashtirishga imkon beruvchi TBPTDning ishchi tasnifi ishlab chiqilgan;

TBPTDni bosqichma-bosqich korreksiyalashning davolash-tashxislash algoritmi taklif etilgan;

imkon qadar qisqa muddatlarda TB funksiyasi tiklanishi uchun optimal sharoitlar yaratuvchi TBPTDni xirurgik korreksiyalashning yangi usullari ishlab chiqilgan;

TBning «do‘mboq usti sindromi» bilan asoratlangan varusli deformatsiyasini xirurgik davolashning yangi usuli taklif etilgan;

bolalarda TB val`gus deformatsiyasi bo‘lgan ESBYuB (elka suyagi bo‘g‘im yuzi boshchasi)ning soxta bo‘g‘imlarini xirurgik davolashning yangi usullari ishlab chiqildi: «Ilizarov apparatida ESBYuBning soxta bo‘g‘imini rezeksiya qilish, do‘mboq usti to‘g‘rilovchi varizirlovchi osteotomiya va osteosintez» turli yassilikdagi TBning barcha ko‘rinishdagi deformatsiyalarini bir vaqtda bartaraf etish imkonini berdi.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida bolalarda tirsak bo‘g‘imining og‘ir asoratlangan posttravmatik deformatsiyalarini tashxislashda yangi diagnostik kriteriyalar va yangi yaratilgan xirurgik davolash usullari uchun ixtirolarga patentlar olingan (Rossiya Federatsiyasining Intellektual mulk egaligi federal xizmati tomonidan «Tirsak bo‘g‘imi kontrakturalari va deformatsiyalari diagnostika usuli» 2016 yil 1 avgustdagi №2595130-son ixtiroga patenti va «Do‘mboq usti sindromi bilan tirsak bo‘g‘imi asoratlangan varusli deformatsiyalarini xirurgik davolash usuli» 2017 yil 2 maydagi №2618082-son ixtiroga patentlari, O‘zR Intellektual mulk agentligining 2007 yil 28 maydagi DGU №01287-son, 2007 yil 31 avgustdagi DGU №01354-son, 2011 yil 9 iyundagi DGU №02217-son patent dasturlari). Bu yaratilgan ixtirolarning amaliyotga tatbig‘i asosida bemor bolalarning shifoxonada statsionar sharoitda davolanishi qisqardi va bu davolash taktikasining qo‘llanilishi asosida bolalarda asoratlangan tirsak bo‘g‘imi posttravmatik deformatsiyalarini davolash natijasida 84,5% ijobiy natijalar olishga erishildi;

yaratilgan «Noviy metod lecheniya varusnoy deformatsii loktevogo sustava u detey», «Lechenie lojnix sustavov golovki mishhelka plechevoy kosti u detey», «Xirurgicheskoe lechenie posttravmaticheskoy varusnoy deformatsii loktevogo sustava  u detey», «Vosstanovitel`no-reabilitatsionnaya mexanoterapiya v lechenii posttravmaticheskix kontraktur loktevogo sustava u detey», «Xirurgicheskoe lechenie val`gusnoy deformatsii loktevogo sustava u detey» o‘quv-metodik qo‘llanmalar amaliyotga keng tatbiq etilgan.

dissertatsiya tadqiqoti jarayonida ishlab chiqilgan tirsak bo‘g‘imida og‘ir asoratli deformatsiyalari bo‘lgan bemor bolalarni tashxislash algoritmi, shuningdek tirsak bo‘g‘imida shikastlanishlardan keyingi og‘ir asoratli deformatsiyalarni xirurgik davolash usullari Sog‘liqni saqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti bolalar travmatologiyasi bo‘limi klinik amaliyotiga, Respublika bolalar ortopediya markazi, Samarqand viloyati ortopediya va shikastlanishlar asoratlari shifoxonasi, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 25 apreldagi 8N-d/30-son ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish