Jumartova Ulbozor Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chiziqli va tarmoqlangan tuzulishli akril monomerlari (so)polimerlarining sintezi”, 02.00.06 – ’’Yuqori molekulyar birikmalar ̓ ̓ (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K725.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Bozorov Nurad Ismatovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy oppanentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimov Aminjon, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: radikal polimerlanishni qo‘llash bilan akril monomerlari asosida chiziqli va tarmoqlangan tuzilishli (so)polimerlarni sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish hamda amalda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oksidlovchi-qaytaruvchi inisiatorlar ishtirokida akrilamidning radikalli polimerlanishining asosiy qonuniyatlari o‘rganilgan va suvda eruvchan poliakrilamidni olish jarayonida pH muhiti va eritmaning zichligi muhim rol o‘ynashi isbotlangan;
akrilamid xitozan payvand sopolimerlanishining molekulyar massasiga  zanjirning o‘sish zonasida akril monomerlari konsentratsiyasining oshishi ta’siri ko‘rsatilgan;
molekulyar dinamika usullaridan foydalangan holda xitozan ishtirokida akrilamidning radikalli sopolimerlanish mexanizmi nazariy tahlil qilingan bo‘lib, o‘rganilgan sharoitlarda nafaqat, xitozandagi gidroksil, balki amino- guruhlarida hosil bo‘lgan faol markazlarga ham akrilamid zvenolarining ma’lum ketma-ketlikda birikishi isbotlangan;
ilk bor sintez qilingan poliakrilamid va texnik ugleroddan foydalanib, polimerli tizimlar olingan va ular asosida nanotolalar shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chiziqli va tarmoqlangan tuzilishli akril monomerlari (so)polimerlarining sintezi bo‘yicha olingan natijalarga ko‘ra:
“Navoiyazot” AJda ishlab chiqarilgan akrilamidning suvli eritmasi asosida flokulyant ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan (“Navoiyazot” AJ ning 29 sentabr 2023-yilda KS va MHP ishlab chiqarishning 701- sexida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan texnik yigʻilish bayoni). Natijada, yuqori molekulyar massali, suvda yuqori eruvchanlikka ega poliakrilamid sintez qilishga erishilgan;
olingan tadqiqot natijalaridan “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi 60710100-Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar) yoʻnalishida “Yuqori molekulali birikmalar kimyosi va fizikasi” va “Monomerlarni sintez qilish usullari” fanlarini o‘qitish jarayonida fan dasturi va sillabuslar ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024 yil 2 dekabrdagi 1/04-3103-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning fan bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish