Muxamedova Barno Farxodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noturg‘un stenokardiya bilan qandli diabet birga kechgan bemorlarning miokard revaskulyarizatsiyasini qiyosiy baholash», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib177.
Ilmiy maslahatchi: Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi «Yurak qon-tomir kasalliklarining kompleks muammolari ilmiy-tadqiqot instituti» Federal davlat byudjeti ilmiy tashkiloti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet mavjud yoki yo‘qligini hisobga olgan holda progressiyalovchi stenokardiya misolida noturg‘un stenokardiya tashhisi bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
QDli va QDsiz bemorlarda YuIK noturg‘un stenokardiyaning revaskulyarizatsiyagacha va revaskulyarizatsiyadan so‘ng klinik kechishi, jumladan gemodinamik ko‘rsatkichlarning xususiyatlaridagi va kasallik prognozidagi farqi aniqlangan;
ilk bor QDli bemorlarda noturg‘un stenokardiyaning klinik kechishini baholovchi mezon sifatida an’anaviy kriteriylardan tashqari yurakning o‘ng bo‘limlarining struktur-funksional remodellashuvi, jismoniy mehnat qobiliyatining darajasi va hayot sifatining susayishi belgilangan;
ilk bor QD fonidagi YuIK noturg‘un stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda o‘ng koronar arteriya (O‘KA) proksimal qismlari, o‘rab oluvchi arteriya (O‘OA) va chap koronar arteriya (ChKA) poyasining torayishi ko‘proq uchrashi asoslangan;
QD fonidagi YuIK noturg‘un stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda xirurgik revaskulyarizatsiyaga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar aniq kriteriylar (trigliseridlar saqlovchi lipoproteidlar konsentratsiyasi, postprandial glikemiya ifodalanganligi hamda koronar tomirlarning shikastlanganlik xususiyatlari, SINTAX shkalasi va boshqalar) asosida kengaytirilgan;
QD fonidagi YuIK noturg‘un stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda xirurgik revaskulyarizatsiya vaqtida sun’iy qon aylanish apparatini qo‘llashga talab qo‘proq bo‘lishi ko‘rsatilgan;
OKS bo‘lgan bemorlarda shoshilinch ravishda o‘tkazilgan revaskulyarizatsiyalovchi amaliyotlarning maqsadga muvofiqligi va nisbatan xavfsizligi isbotlangan;
QD fonidagi YuIK noturg‘un stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan va ushbu algoritmni qo‘llash revaskulyarizatsiyadan so‘ng ishonchli darajada jismoniy mehnat qobiliyatining ortishi va hayot sifatining yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noturg‘un stenokardiyani davolash taktikasini optimallashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qandli diabet mavjudligiga bog‘liq ravishda noturg‘un stenokardiyasi bor bemorlarni olib borish taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-r/209-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomani tadbiq qilish natijasida QD fonidagi YuIK noturg‘un stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarga RShTYoIMda ko‘rsatilayotgan yuqori texnologik davoni jahon standartlari darajasida ko‘rsatilishiga erishildi;
tadqiqot natijalari o‘tkir koronar sindrom bilan murojaat qiluvchi bemorlarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan va noturg‘un stenokardiya tashhisini aniqlashga (yurak ishemik kasalligi destabilizatsiyasi klinikasi, elektrokardiogrammada ST segment ko‘tarilishining yo‘qligi, qon zardobida miokard nekrozi markerlarining ortishining yo‘qligi) qaratilgan. Taklif etilgan algoritm koronar angiografiyani o‘z ichiga olgan, uning natijalariga binoan keyingi endovaskulyar yoki xirurgik va medikamentoz davolash prognostik taktikasini belgilashga imkon yaratgan;
noturg‘un stenokardiyani davolash taktikasini optimallashtirishga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan va Buxoro viloyat filiallari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-r/209-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga tatbiq etilishi noturg‘un stenokardiya bilan kasallangan bemorlarni davolash sifatini oshirish hamda bemorlarning reanimatsiya bo‘limi va kasalxonda yotish muddatlarini 3 barobarga qisqartirish imkonini bergan. O‘lim ko‘rsatkichlari esa 2,2 barobar, davolanishga umumiy harajatlar miqdori esa 10%ga kamaygan.