Tillyashayxova Ra’no Mirzagalebovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak saratoni bilan kasallangan qari va keksa yoshdagi bemorlarda organ saqlovchi amaliyotlarning konseptual asoslari», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.3.PhD/Tib355.

Ilmiy maslahatchi: Yusupbekov Abrorjon Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DT

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Gofur-Oxunov Mirza Alierovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi «N.N.Bloxin nomidagi onkologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» FDBM.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qari va keksa yoshdagi bemorlarda buyrak saratonini jarrohlik usulida davolash natijalarini organ saqlovchi amaliyotlarga taktik va texnik yondashuvlarni takomillashtirish yo‘li bilan yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qari va keksa yoshdagi bemorlarda buyrak saratonini jarrohlik usulida davolash darajasini aniqlash uchun laboratoriya, instrumental va morfologik tadqiqot usullarini baholash mezonlari aniqlangan;

qari va keksa yoshdagi bemorlarda buyrak saratonining T1N0M0 bosqichi organ saqlovchi jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatmalarini kengaytirishning maqsadga muvofiqligi tasdiqlangan;

yangi milliy texnologiyalar va buyraklar parenximasini gibrid ishemiyalash usullarini birgalikda qo‘llash orqali buyrak rezeksiyasi usuli takomillashtirilgan;

bajarilgan amaliyotlarning ablastiklik darajasini baholashda, tekshiruv samaradorligini aniqlash uchun buyrakning rezeksiya sohasida amaliyot ichida morfometrik tekshiruvini o‘tkazish xususiyatlari aniqlangan;

qari va keksa yoshdagi bemorlarda buyrak saratonining T1N0M0 bosqichini davolashda rezeksiya usullarini joriy etilishi hayot davomiyligi ko‘rsatkichlarini, qaytalanishsiz va metastaz bo‘lmagan davrlarni yaxshilashi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qari va keksa yoshdagi bemorlarda BS ni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:

“Buyrak-hujayrali saratonning mahalliy limfa tugunlari va intralyuminar venoz trombozini tashxislashning noinvaziv usullari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 8n-d/221-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qari va keksa yoshdagi bemorlarda buyrak saratoni tashxisi va davolash sifatini yaxshilash imkonini bergan;

buyrak saratoni xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni shakllantirish va individual rivojlanish xavfini baholash uchun tashxislash-davolash doktrinasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 8n-d/221-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tashxislash-davolash algoritmi va dasturlar buyrak saratoni rivojlanishining dastlabki belgilarini aniqlash, shuningdek, jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;

qari va keksa yoshdagi bemorlarda buyrak saratonining T1N0-1M0 bosqichida organ saqlovchi amaliyotlarning konseptual asoslarini o‘rganish bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Qashqadaryo va Namangan viloyat onkologiya dispanserlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 8n-d/221-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Taklif etilgan tadqiqot natijalari asosida buyrak saratoni bilan qari va keksa yoshdagi bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini sezilarli darajada kengaytirish, shuningdek davolash sifati yaxshilash, ijobiy natijalar chastotasini 88,2% dan 96,7% gacha oshirish va kasalxonada yotish davomiyligini 17,5±0,32 dan 10,3±0,21 kungacha qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish