Hasanova Barno Yusupovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asqad Muxtorning hikoyanavislik mahorati», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil.455.

Ilmiy rahbar: Nazarov Baxtiyor Aminovich, akademik, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Qosimov Abdug‘opir Abdukarimovich filologiya fanlari doktori, dotsent; Kuchkarova Marxabo Xudayberganovna filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: Asqad Muxtorning hikoyanavislik mahoratini ko‘rsatib berish, jami 40 ga yaqin asarlari misolida muallifning o‘ziga xos, original uslubini adabiyotshunoslikdagi yangicha qarashlar, yangi ilmiy mezonlar asosida belgilash, zamonaviylik, fol`klor an’analari, badiiy makon, falsafiy ramziylikning namoyon bo‘lish jihatlarini yoritishdan iboratdir. 

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yangi o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan Asqad Muxtor hayoti va ijodining betakrorligi, serqirraliligi, turli avlod adabiy tanqidchiligi tomonidan muntazam baholanib kelingani  isbotlangan;

ijodkorning o‘zbek hikoyachiligidagi badiiy tajribalari  ilk ijodiy izlanishlar davri, shakllanish va takomillashuv davri, kamolot davriga ajratilib, bu davrlarga xos muhim ijodiy o‘sish-o‘zgarishlar (evolyusiyasi) aniqlangan;

adib hikoyalaridagi sho‘roviy siyosiylashgan odam obrazining istiqlol arafasida va undan so‘ng evrilgan qiyofasi (mustaqil fikrlay olmaydigan, mute’; islomiy e’tiqodi butun, jamiyatdagi illatlarga qarshi Don Kixot sifat) badiiy talqinlarda asoslangan;

yozuvchi hikoyalaridagi targ‘ibot-tashviqotchilik, quruq bayon, sxematizm o‘rnini teran badiiy psixologik talqinlar egallagani  dalillangan;

adibning etuk hikoyalariga xos tarixiylik, falsafiy ramziylik tabiati, jamiyatga nisbatan nim istehzo, sezilar-sezilmas kinoya, tanqidiy ruh, memuar elementlar yetakchiligi ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi, Hozirgi adabiy jarayon hamda Asqad Muxtorning hikoyanavislik mahoratini tadqiq etish, “Asqad Muxtor” adabiy-ijodiy portretini yaratishda, milliy adabiyot nazariyasini, xususan, “hikoya janri” taraqqiyotini o‘rganishda tarixiy-badiiy, ilmiy-nazariy asoslarni ishlab chiqish, ilmiy-amaliy natijalarni belgilash asosida:

Asqad Muxtorning“Qodiriyni ko‘rganmanu”nomli esse hikoyasi tahlilidan,  Asqad Muxtorning Abdulla Qodiriy shaxsiyatini o‘rganishda publisistik suhbat va maqolalari tahlilidanFA-F1-GO39 shifrli \"Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish\" fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 14 avgustdagi 3/1255-2165-son ma’lumotnomasi). Natijada qomusga yozilgan materiallar ya’ni, Qodiriy shaxsiyati, faoliyatiga doir ma’lumotlar to‘ldirildi, zamondoshlar xotirasi mazmunan boyitildi;

yozuvchi hikoyalaridagi targ‘ibot-tashviqotchilik, quruq bayon, sxematizm o‘rnini teran badiiy psixologik talqinlardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 31 mart, 1 aprel` kunlari efirga uzatilgan “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlarini ssenariysini tayyorlashda  dissertatsiya natijalaridan foydalanilgan (Farg‘ona teleradiokompaniyasining 2018 yil 9 apreldagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada Asqad Muxtor ijodining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-estetik ahamiyatini batafsil yoritilishiga asos bo‘lgan;

adibning etuk hikoyalariga xos tarixiylik, falsafiy ramziylik tabiati, jamiyatga nisbatan nim istehzo, sezilar-sezilmas kinoya, tanqidiy ruh, memuar elementlar kabi natijalardan Muxtor yubileyini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limining 2018 yil 6 sentyabrdagi 64-son  ma’lumotnomasi). Natijada yangi o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan Asqad Muxtor hayoti va ijodining betakrorligi, hikoyachilikdagi mahorati borasidagi yangiliklarni omma e’tiboriga etkazishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish