Sultonova Shoxista Muxammadjanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muqaddas matnlarda zamon kategoriyasining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.4.PhD/Fil110.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.

Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich,filologiya fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Nurmonova Dilfuza Abdulhamidovna,filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

II. Tadqiqotning maqsadi: muqaddas matnlarda zamon kategoriyasini ifodalovchi temporal so‘zlarning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

insonlarning zamon to‘g‘risidagi taassurotlari asosida shakllangan zamon modellari asosiy ikki model – maishiy (profan) va muqaddas (sakral) modellar tarkibida subkategorial modellar sifatida mavjud bo‘lishi hamda hayotning turli jabhalarida yo maishiy, yo muqaddas zamonni ifodalashga xizmat qilishi asoslangan;

zamon kategoriyasining verballashuvini til va madaniyat uyg‘unligida o‘rganishda xalqning zamon haqidagi sodda tasavvurlari va muqaddas matnlardagi zamon ta’limoti hamda ularni ifodalovchi temporal so‘zlarning hayotning asosiy atributlari qatoriga o‘tish dinamikasini inobatga olish muhimligi isbotlangan;

muqaddas matnlardagi temporal so‘zlarning lingvomadaniy jihatini o‘rganish olamning lisoniy manzarasini tashkil qiluvchi komponentlardan biri hisoblangan zamon haqida yanada to‘laroq, sintetik tasavvurni hosil qilishi dalillangan;

xalq ongi va tasavvurida shakllangan hamda maqol, matal, iboralarda voqelanadigan zamon madaniy kodining aksiologik xususiyati muqaddas matnlardagi zamon ta’limoti zaminida yuzaga kelganligi asoslangan;

muqaddas matnlardagi dinga oid temporal so‘zlarning kundalik hayotda maishiylashuvi (profanatsiyasi)da ularning semantik tarkibida mavjud muqaddaslik semasi tufayli lingvomadaniy xususiyati faollashishi ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Muqaddas matnlarda zamon kategoriyasining talqini, uning lingvomadaniy xususiyatlarining temporal so‘zlar, frazeologik birliklar, maqol va matallarda ifodalanishini tadqiq etishga oid ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:

muqaddas matnlarda zamon kategoriyasining muqaddas (sakral) va maishiy (profan) modellari, ularni verballashtiruvchi temporal so‘zlarni til va madaniyat uyg‘unligida o‘rganishda xalqning zamon haqidagi sodda tasavvurlari hamda muqaddas matnlardagi zamon to‘g‘risidagi ta’limotning muhim o‘rin tutishi, ushbu temporal so‘zlarning lingvomadaniy jihatlari olamning lisoniy manzarasini tashkil qiluvchi komponentlardan biri hisoblangan zamon haqida yanada to‘laroq, sintetik tasavvurni hosil qilish imkonini berishi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 avgustdagi 89-03-3018-son ma’lumotnomasi). Natijada tilni antropotsentrik paradigma doirasida tadqiq etish asosida maishiy (profan) va muqaddas (sakral) zamon modellari, shuningdek, ularni tashkil qiluvchi subkategorial modellar kabi yangi tushunchalar orqali zamon tushunchasining mohiyati to‘liq ochib berilgan;

muqaddas matnlardagi temporal so‘zlarning lingvomadaniy jihatlari olamning lisoniy manzarasini tashkil qiluvchi komponentlardan biri hisoblangan zamon haqida yanada to‘laroq, sintetik tasavvurni hosil qilishi, xalq ongi va tasavvurida shakllangan zamon madaniy kodining aksiologik xususiyatlari muqaddas matnlardagi zamon ta’limoti zaminida yuzaga kelganligi xususidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan ITD-1-07 raqamli «Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish» nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 avgustdagi 89-03-3018-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida bakalavriat yo‘nalishi uchun leksikologiya, umumiy tilshunoslik, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik bo‘yicha yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda zamon kategoriyasining mohiyatini izohlashda foydalanilgan;

tilning turli birliklari vositasida zamon kategoriyasining olamning lisoniy manzarasida namoyon bo‘lishidagi milliy o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi tahliliy fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan «Bedorlik» dasturining 2018 yil 11 avgustdagi sonida efirga uzatilgan radioeshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2018 yil 10 avgustdagi 8-1-138-son ma’lumotnomasi). Natijada muqaddas matnlarda zamon tushunchasining talqini, uning turli til birliklarida voqelanishi  yoritib berilgan hamda olamning lisoniy manzarasida zamon kategoriyasining milliy o‘ziga xosligini asoslashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish