Jumaeva Feruza Uralovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polisemem leksemalar doirasidagi sinonim  va antonim semalar tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil.483.

Ilmiy rahbar: Dadabaev Xamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: polisemem leksemalar doirasidagi sinonim semalar paradigmasi va antonim semalar munosabatini tadqiq etish, lisoniy va nutqiy jihatlari, lingvistik, lingvopoetik, sathdagi o‘rni,  tavsifi, tasnifi, turlari, paydo bo‘lish xususiyatlari va omillarini ochib berishdan iborat. 

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

so‘z, leksema, semema, sema va emaning ifoda, mazmun jihatdan farqli tomonlari, til va nutqdagi imkoniyatlari leksik-semantik, morfologik, sintaktik omillar asosida aniqlangan;

polisemem leksemalarning tarkibini tashkil etuvchi hosila, ko‘chma, figural ma’nolarning farqli tomonlari umumiy (bog‘lovchi)  va asoslovchi semalar  vositasida ochib berilgan;

sinonim va antonim semalarning voqelanishi leksemalar, sememalar,  semalar hamda leksik-sememik, leksik-semik birliklar asosida tadqiq etilgan;

omonim, sinonim, antonim, graduonim, gipironim leksemalar doirasida sinonim va antonim semalarning yuzaga chiqishi denotativ, derevat, potensial, grammatik semalarga tayangan holda aniqlangan;

polisemem leksemalar doirasidagi sinonim va antonim semalarning semema tarkibidagi o‘rni; relyativ, derevat, potensial semalar ta’sirida hosil bo‘lgan yadro semasida voqelanishi; tuzilishi, turkumi har xil bo‘lgan so‘zlar doirasida hosil bo‘lishi; sintaktik bog‘lanishlar asosida yuzaga chiqishi;  badiiy matndagi imkoniyatlari semantik tadqiq usuliga tayanilgan holda ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Polisemem leksemalar doirasidagi sinonim  va antonim semalar tadqiqi bo‘yicha olingan natijalardan:

Polisemem leksemalarning voqelanish tamoyillari, ularning omonim leksemalardan farqlanishi va leksik ma’no taraqqiyotiga doir keltirilgan dissertatsiya natijalari va xulosalaridan hamda tadqiqotda keltirilgan yolg‘iz, tor, qo‘shaloq,  g‘ashlik, ayyom, bo‘sh, tom, eshik sher, yo‘lbars, qoplon, baland, osmon, tag-tomiri, ko‘pirtirmoq, shishirmoq, ip, o‘tkir, turmoq, uyatli, uyatsiz, mahsul, meva, ayol, oila, oqshom, tun, qora, malak, quyruq, dum, suyuq, atala, dedi-dedi, dev, devqomat, arslon, burgut, mard, nomard, barno, bo‘ydoq, tuyaday, ignaday, o‘g‘ri, devorteshar, to‘g‘ri, nihol, ko‘chat, daraxt, quyon, bulbul, zog‘, yorug‘, xazon kabi leksemalarningsinonim va antonimsemalar asosida tahlilidanFA-F1-G041 raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 sentyabrdagi  89-03-3270-son ma’lumotnomasi). Natijada, tegishli lug‘aviy birliklarning ma’nolariga izoh berishda aniqlik qiritilgan. 

Cinonim semali polisemem leksemalarning birikma hosil qilishi (Musichaday beozor odam), nutq tarkibida uyushiq bo‘laklar holida kelib ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilishi (Tog‘ani [tog‘aning suratini] ayniqsa besh ketadigan qilib chizibdi. Xo‘p vaqtida buyurgan ekanmi. Bo‘lmasa quruqdan-quruq, so‘ppayib kirib borishardi (M. Mansurov. Yombi)), so‘z birikmasi va so‘zning antonim semalarni hosil qilishi (narxning tushishi-arzonlashish, narxning ko‘tarilishi-qimmatlashish), antonim semalarga ega bo‘lgan leksemalar moslashuvli birikmani hosil qilishiga (ko‘rmaganning ko‘rgani qursin, tong qorong‘usi, tun yorug‘i) oidtahlillardanOT-F8-062 raqamli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 avgustdagi 89-03-3057-son ma’lumotnomasi). Natijada, bunday tahlillar til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlariga doir nazariy umumlashmalar chiqarishga xizmat qilgan.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati televideniesi orqali 2018 yil 15 may kuni namoyish etilgan “Fan ufqlari” ko‘rsatuvida so‘z ma’nosining boyishida sinonim va antonim semalarning ta’siri va nuqdagi imkoniyatlari haqidagi  ma’ruzasidan foydalanilgan (Jizzax viloyati teleradiokomaniyasining 02-08/567-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning mazmuni yangi manbalar bilan boyigan va ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish