Narimova Gulchexra Djumaniyazovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida Kushing sindromi epidemiologiyasi, tashxislash, davolash va monitoringi», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib35
Ilmiy maslaxatchi: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Ya.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Raximova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.A. Almazov nomidagi Milliy tibbiy ilmiy tekshirish markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda Kushing sindromi bemorlarini erta tashxislash va samarali davolash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizda Kushing sindromi va uning turli shakllarining aholi orasida epidemiologik tarqalishining klinik xususiyatlari, kasallanish va xastalanganlarning o‘lim darajasining ko‘rsatkichlari asosiy belgilari tavsiflangan;
Kushing sindromi etiologiyasi asosiy demografik, antropometrik, biokimyoviy, gormonal, vizualizatsion, klinik tavsiflari bo‘lgan bemorlari haqidagi ob’ektiv tizimi ishlab chiqilgan;
ilk bor Kushing sindromida kasallik remissiyasi, qaytalanishi va o‘limga olib keluvchi holatlarining prediktorlari isbotlangan;
xavf omillari shkalasi va kasallikning turli shakllarida kasallik yakunlarini bashoratlash, davolash uslublarini tanlash va asoratlar profilaktikasining optimal taktikasini ishlab chiqilgan;
Kushing sindromi bemorlar milliy ma’lumotlar bazasini yaratish asosida keng prospektiv materialda klinik simptomlar soni, davolash natijalari samaradorligini yuqori texnologik gipofiz tranfenodal adenomaektomiyaning turli asoratlari soni va darajasi asoslangan;
ilk bora mamlakatimizning uch hududida subklinik Kushing sindromi skriningi tashkillashtirilgan va uning natijasida xavf guruhlari, kasallikning faol shakllari erta tashxislash va KSning ehtimoliy tashxislanmagan holatlarini bashoratlash tizimi yaratilgan;
birinchi marta SKS va KS ni erta tashxislash uchun so‘lakda kortizolni invaziv bo‘lmagan, SK referens ko‘rsatkichlari va qon plazmasida kortizol va kunlik siydikda kortizol baholashning tizimli usul ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kushing sindromi epidemiologiyasi, tashxislash, davolash va monitoringi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Endogen Kushing sindromi: monitoring va davolash masalalari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining2018 yil 5 apreldagi 8n-d/74-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mamalakatimiz aholisni orasida Kushing sindromi bilan xastalangan bemorlarning kasallikni tashxislash va davolash tizimini tashkillashtirish, erta tashxislash va zamonaviy davolash usullarni tatbiq qilish imkonini bergan.
«Kushing sindromini erta tashxislash: skrining masalasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 8n-d/74-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma Kushing sindromi bilan xastalangan bemorlarda kasallik erta tashxislashda skrining tizimini barcha viloyatlaridagi endokrinologik dispanserlarda tatbiq etishning zamonaviy tizimini yaratish imkonini bergan.
Kushing sindromi epidemiologiyasi, tashxislash, davolash va monitoringi asosida bemorlarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Namangan, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari endokrinologiya dispanseri klinik amaliyotiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 noyabrdagi 8n-z/220-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash Kushing sindromi bilan xastalangan bemorlar monitoringini olib borish, kasallikni erta tashxislashda skrining tizimini joriy qilish, kasallikni davolashda samarali va sifatli tizimni yaratish va nogironlikni oldini olish, o‘lim darajasini kamaytirishni imkonini bergan.