Alixanova Nodira Mirshovkatovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda qandli diabetning klinik-epidemiologik tavsifi», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib33
Ilmiy maslaxatchi: Akbarov Zairxodja Sabirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Ya.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamardinovna tibbiyot fanlari doktori, professor, Kayumov Ulugbek Karimovich tibbiyot fanlari doktori, professor, Mkrtumyan Ashot Musaelovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.M.Kirov nomidagi Harbiy-tibbiy akademiya (Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: milliy registr yaratish orqali qandli diabet va uning asoratlarini erta tashxislash, davolash va oldini olish samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy Registr asosida qandli diabet kasalligini tarqalishi, kasallanish darajasi, nogironlik va o‘lim holatlari kabi ko‘rsatkichlar asosida birinchi marta mamlakatimizda qandli diabet bo‘yicha epidemiologik holatni shakllanishning o‘ziga xosligi asoslangan;
ma’muriy-xududiy birliklar kesimida mamlakatimizda ushbu kasallik bo‘yicha nogironlik va o‘lim holatlari uchun asos bo‘lgan qandli diabet o‘tkir va surunkali asoratlarini rivojlanishiga olib keluvchi ahamiyatli xavf omillarning o‘rni va axamiyati asoslangan, bu ko‘rsatilayotgan davolash-profilaktika yordami sifatini yaxshilashga imkon berdi;
O‘zbekistonda 2007 yilda qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatilayotgan davolash-profilaktika choralari ADA va EASD xalqaro tavsiyalariga mos kelmasligi isbotlangan.
qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda amputatsiyalar, ko‘rlik, surunkali buyrak etishmovchiligi uchrashi darajasining kamayishi hamda metformin, intensiv insulinoterapiya, statinlar va AAF ingibitorlari kabi dori-vositalarini qo‘llash bilan patogenetik asoslangan davolash tizimi tavsiyasi foizini 2007 yilga nisbatan 2010 va 2016 yillarda ko‘payishi ko‘rinishida xamda davolash sifatini oshishi qandli diabet registrining yuqori samarasini, strategiya va taktikani to‘g‘ri tanlanganligini isbotlangan;
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi miqyosida qandli diabet milliy registrini qo‘llash asosida eng muhim kamchiliklar va qandli diabet birinchi va ikkinchi turini davolashda maqsadli qiymatlariga erishish darajasi aniqlangan;
birinchi marta ko‘rsatilayotgan yordam sifatini respublika mintaqalarida taqsimlanishiga imkon bergan qandli diabet bilan kasallangan bemorlar xayot davomiyligi oshiruvchi yoki kamaytiruvchi turli indikatorlar bo‘yicha davolash-profilaktik yordami samarasini baholovchi yangi tizim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda qandli diabetning klinik-epidemiologik tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qandli diabet bilan xastalangan bemorlar milliy registri kartasi, zamonaviy tashxislash va davolash usullarini to‘ldirilishi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining2018 yil 09 martdagi №8n-d/149-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qandli diabet bilan xastalangan bemorlarning kasallikni qayd qilish va ro‘yxatga olish tartibini samarali tizimini tashkillashtirish, erta tashxislash va zamonaviy davolash usullarni tatbiq qilish imkonini bergan;
«Diabetik retinopatiyaning tavsifi, tashxislash, davolash va bashoratlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining2018 yil 09 martdagi №8n-d/149-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda kasallikning asoratlari sifatida diabetik retinopatiyaning rivojlanishi va oldini olishga qaratilgan erta tashxislash, samarali davolash va diabetik retinopatiyani basharotlashning zamonaviy tizimini yaratish imkonini bergan;
«Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar orasida letal va noletal yurak-qon tomir asoratlari yuzaga kelishining 10-yillik xavfini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining2018 yil 09 martdagi №8n-d/149-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qandli diabet bilan kasallangan bemorlar orasida yurak-qon tomir asoratlari yuzaga kelishining xavfi va asoratlarni tarqalishi, davolash va xavf omillarini kamaytirish imkonini bergan;
qandli diabetning klinik-epidemiologik tavsifi asosida bemorlarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent viloyati endokrinologiya dispanseri klinik amaliyotiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 noyabrdagi №8 n-z/215-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, birinchi va ikkinchi turdagi qandli diabet bilan xastalangan bemorlar monitoringini olib borish, xisobotlarni tayyorlash samaradorligini oshirish va ishonchlilik darajasini ta’minlash, kasallikni bashoratlash va 18 yoshdan katta aholi orasida davolash-profilaktik yordamni samarali va sifatili rejalashtirish, nogironlikni oldini olish, o‘lim darajasini kamaytirishni imkonini bergan.