Ilxamova Nargiza Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yallig‘lanishga qarshi, antigistamin va antigel`mint preparatlarning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Far19.
Ilmiy rahbar: Haydarov Vosiljon Rasulovich, farmatsevtika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Zaynutdinov Hikmatilla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yallig‘lanishga qarshi, antigistamin va antigel`mint preparatlarining tabletka dori shakllarini muayyan tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yallig‘lanishga qarshi ta’sir qiluvchi «Ibuasktamol» va «Ibuprofen-S» kombinirlangan tabletkalar tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
antigistamin ta’sirga ega «Ketotifen» va «Samozolin» tabletkalarning takomillashtirilgan tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
antigel`mint ta’sirga ega «Mebendazol-S» va «Karbendatsim» tabletkalarning takomillashtirilgan tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
«Ibuasktamol», «Ibuprofen-S», «Ketotifen», «Samozolin», «Mebendazol-S» va «Karbendatsim» tabletkalar sifatini nazorat qilish va standartlash usullari aniqlangan hamda ularning biosamaradorligi, saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yallig‘lanishga qarshi, antigistamin va antigel`mintdori preparatlarining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ketotifen» tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vo-italari, tibbiy ashyo va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-15745533-2503-2014). Ushbu korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi allergiyaga qarshi ta’sir etuvchi dori vositalarini olish imkonini bergan;
«Samozolin» tabletkasi uchun farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (FM 42 Uz-0008-2017). Ushbu farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi allergiyaga qarshi ta’sir etuvchi dori vositasini olish imkonini bergan;
«Mebendazol-S» tabletkalari uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-15745533-2846-2016). Ushbu korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi gel`mint dori vositasini olish imkonini bergan;
«Ketotifen», «Samozolin» va «Mebendazol-S» tabletkalari «Dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK tomonidan ro‘yhatdan o‘tkazilgan (№14/133/14, №04/03/17 va №00594/01/16 guvohnomalar). Mazkur preparatlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarish imkonini beradi.
«Ketotifen», «Samozolin» va «Mebendazol-S» tabletkalari «SAMO» MChJ tomonidan ishlab chiqarilmoqda (25/10-515-son ma’lumotnoma). Natijada iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lgan ushbu dori preparatlarini ishlab chiqarish yallig‘lanish, allergiya va gel`mint kasalliklarini davolash hamda ularning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi import hajmini qisqartirib, bir qator tibbiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish imkonini bergan.