Shernazarov Akmal Andiyoqulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo tojik marosim fol`klorida ikki tillilik va adabiy ta’sir”, 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil343.

Ilmiy rahbar: Hamroev Juma, filologiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor; Vosieva Ruxshona Qurbonovna, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo tojik marosim fol`klorida ikki tillilik va adabiy ta’sir an’anasini, bunga asos yaratgan ijtimoiy-psixologik omillarni, o‘zbeklar marosim fol`klori bilan mushtarak jihatlarini, lokal belgilari, janriy tasnifoti, lingvopoetik va kompozision hamda ijro xususiyatlarini ilmiy o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:

ikki tillilik (zullisonaynlik), adabiy ta’sir kabi poetik an’analar xalq og‘zaki ijodi namunalarining faqat yozma adabiyotga emas, fol`klorga ham aloqadorligi dalillangan hamda Qashqadaryo tojik marosim fol`klorining areal belgi-xususiyatlari, unda ikki tillilikning o‘rni, genezisi, tarixiy va ijtimoiy-psixologik omillari asoslangan;

vohada yashayotgan tojiklar og‘zaki ijodiga mansub mavsumiy hamda oilaviy-maishiy marosim fol`klori janrlari keng tarqalgani, aksariyati jonli ijroda saqlanib kelayotgani, turli urf-odat, rasm-rusumlarga ko‘ra rang-baranglik kasb etishi va hududiy lokal belgilari bilan ajralib turishi ochib berilgan;

voha tojik marosim fol`klorining yaratilishi, boyishi va variantlashishida adabiy ta’sirning o‘rni, o‘zbek va tojik fol`klorining bir-biriga ijobiy ta’siri, vohadagi mahalliy tojikzabon shoirlar ijodida uchraydigan fol`klorizmlar ko‘rsatilgan;

voha tojiklari marosim qo‘shiqlarining lingvopoetik va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi, uslubiy belgilari, kompozision qurilishi, ularda ohang va ritm, vazn va qofiya ko‘rinishlari aniqlangan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qashqadaryo tojik marosim fol`klorida ikki tillilik va adabiy ta’sir bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Qashqadaryo vohasi tojiklari fol`kloridagi poetik matnlar boshqa vohalarning og‘zaki ijodidan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turishiga oid olingan ilmiy xulosalardan OT-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 noyabrdagi 89-03-3820-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Qashqadaryo vohasida o‘zbek va tojiklarning marosim qo‘shiqlari milliy-ma’naviy va adabiy merosining ajralmas qismi ekanligini isbotlashga va  poetik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;

Qashqadaryo vohasi o‘zbek va tojik marosim fol`klori poetik xususiyatlarining o‘zaro yaqinligi aslida bu ikkala xalqning qadimdan davom etib kelayotgan birodarlik munosabatlari bilan bog‘liq ekani haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Ijod zavqi”, “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Etnoglobus” dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali DUKning 2018 yil 03 oktyabrdagi O`Z/K-1-159-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tomoshabinlarni vohaga xos milliy urf-odatlar va og‘zaki adabiyot namunalari bilan tanishtirishda, ko‘rsatuvning qiziqarli va ommabop bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etgan;

Tadqiqot natijalari asosida chop etilgan “Qashqadaryo vohasi tojiklari fol`kloridan namunalar va ularning izohi”da (ISBN 978-9943-14-531-3) yuzga yaqin qo‘shiqlar keltirilgan va izohi berilgan. Natijada ikki tilli fol`klor namunalarining ma’nolari boyitilib, izohlari mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish