Rajabov Sherzod Umurzoqovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodavlat pensiya jamg‘armalarini shakllantirish va investision faollikni oshirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt213.

Ilmiy rahbar: Axmadjon O‘lmasov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti,  DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Vaxabov Abdurahim Vosiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda nodavlat pensiya jamg‘armalari faoliyatini shakllantirish va investision faollikni oshirishga doir taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy adolati va samaradorligini oshirish, pensiya yoshiga etgan iqtisodiy faol aholining moliyaviy rag‘batlantirilishini kuchaytirish bo‘yicha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘liq miqdorda olish huquqini berishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan;

pensiya ta’minoti tizimida rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish va pensiya miqdori hamda xodimning mehnat hissasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni oshirishda pensiyalarni hisoblashning tayanch miqdori takomillashtirilgan;

amaldagi pensiya tizimini isloh qilish, aholi jamg‘armalarini shakllantirish, nodavlat pensiya jamg‘armalarini shakllantirishning moliyaviy manbalari barqarorligini ta’minlashda fuqarolarning daromadlaridan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish taklifi asoslangan;

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar kafolatlangan pensiyaga da’vogarlik qilishlari uchun ular tomonidan pensiya jamg‘armasiga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lashning joriy etilishi, bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shilishi bo‘yicha taklifi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda nodavlat pensiya jamg‘armalari faoliyatini shakllantirish va pensiya tizimini isloh qilish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:

pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy adolati va samaradorligini oshirish, pensiya yoshiga etgan iqtisodiy faol aholining moliyaviy rag‘batlantirilishini kuchaytirish maqsadida ishlovchi pensionerlarning alohida guruhiga pensiyalarini to‘liq miqdorda olish huquqini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi PF-5291-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining 2018 yil 8 noyabrdagi ShD/30-01-32-1354-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida 2018 yil davomida 363,1 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar aholi farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan;

fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining 2018 yil 8 noyabrdagi ShD/30-01-32-1354-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi jamg‘armalarini shakllantirish, shu bilan birga nodavlat pensiya jamg‘armalarini shakllantirish moliyaviy manbalarining barqarorligi ta’minlangan;

pensiya ta’minoti tizimida rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish va pensiya miqdori hamda xodimning mehnat  hissasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni oshirish sohasidagi fuqarolarning 35 yildan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyalarning tayanch miqdorini hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqining 2% miqdorida oshirishni belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari  pensiya jamg‘armasining 2018 yil 8 noyabrdagi ShD/30-01-32-1354-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida yiliga 333,0 mlrd. so‘mdan ortiqroq pul mablag‘lari pensiya yoshiga etgan aholining mehnat qilish davri davomiyligini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan;

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etilishi, bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi PQ-3839-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining 2018 yil 8 noyabrdagi ShD/30-01-32-1354-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning pensiya olish huquqi kafolatlangan hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish