Jalilov Sherzod Qaxramanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika korxonalari faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Iqt56.
Ilmiy maslahatchi: Al`mardonov Muxammadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Islom Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda YoEK faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoqilg‘i-energetika korxonalari faoliyatining moliyaviy natijalariga davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar ta’sirining har ikki tomon uchun moliyaviy oqibatlari asoslangan holda realizatsiya qilinadigan motor moyi qiymatiga nisbatan aksiz solig‘ini va benzin va dizel` yoqilg‘isi uchun iste’mol solig‘ini joriy etish tavsiya etilgan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish hamda ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlashda neft` mahsulotlaridan undiriladigan aksiz solig‘ini tarmoq korxonalari ixtiyoriga qoldirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
davlat byudjeti va tarmoq korxonalari manfaatlari mushtarakligini ta’minlashni inobatga olib, aholiga sotiladigan tabiiy gaz uchun aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjetga yo‘naltirish taklif etilgan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarida polietilin granulalari uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblashda belgilangan narxni oshirgan holda tarmoq korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan gaz eksportini rag‘batlantirishda tabiiy gaz uchun maxsus investisiya ustamasini joriy etish taklif etilgan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarida investision faoliyatni rag‘batlantirishda mazkur korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan benzin va dizel` yoqilg‘isiga nisbatan iste’mol solig‘i stavkasini 50% gacha qisqartirish tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
YoEK faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan dissertantning ilmiy xulosalari, ishlab chiqqan takliflari va amaliy tavsiyalari asosida:
yoqilg‘i-energetika korxonalarini qo‘llab-quvatlashga realizatsiya qilinadigan motor moyi qiymatga nisbatan aksiz solig‘ini va benzin va dizel` yoqilg‘isi uchun iste’mol solig‘ini joriy etish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 10 iyuldagi 03/1-15454-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2016 yilning o‘zida Davlat byudjetiga 132,1 mlrd. so‘mlik mablag‘lar undirilgan. 2017 yilda esa ushbu taklifning amaliyotga qo‘llanilishi 94,6 mlrd. so‘mlik mablag‘larning undirilishiga imkon bergan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish hamda ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash maqsadida neft` mahsulotlaridan undiriladigan aksiz solig‘ini tarmoq korxonalari ixtiyoriga qoldirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi PP-3253-sonli “Valyuta bozori liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 16 maydagi AX/03-02-32-28/165/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2018 yil davomida qariyb 600,0 mlrd. so‘mdan ko‘proq mablag‘larning yoqilg‘i-energetika korxonalarining ixtiyoriga qoldirilishi ta’minlangan;
aholiga sotiladigan tabiiy gaz uchun aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjetga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi PP-3253-sonli “Valyuta bozori liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 16 maydagi AX/03-02-32-28/165/1-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat byudjetiga 2018 yilda qo‘shimcha ravishda 700,0 mlrd. so‘m mablag‘ kelib tushishi ta’minlangan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarida polietilen granulalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida polietilin granulalari uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash uchun belgilangan narxni oshirish asosida tarmoq korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan gaz eksportini rag‘batlantirishda tabiiy gaz uchun maxsus investisiya ustamasini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PP-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 16 maydagi AX/03-02-32-28/165/1-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2018 yil davomida yoqilg‘i-energetika korxonalarining ixtiyorida 21,0 mlrd. so‘mdan ko‘proq bo‘lgan mablag‘larning qoldirilishiga erishilgan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarida investision faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida mazkur korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan benzin va dizel` yoqilg‘isiga nisbatan iste’mol solig‘i stavkasini 50% gacha qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PP-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 16 maydagi AX/03-02-32-28/165/1-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2018 yil davomida 670,0 mlrd. so‘mdan ortiqroq bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar tarmoq korxonalari ixtiyorida qoldirilgan.