Saidov Istam Rustamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sabzavot va g‘o‘za biotsenozida tamaki tripsi (Thrips tabasi Lind) bioekologiyasi va uning sonini boshqarish usullari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx236.

Ilmiy rahbar: Jumaev Rasul Axmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Amanov Shuxrat Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sagdullaev Axror Umarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: biotsenozda trips turlarining populyasiyasi, tarqalishi va xo‘jayin-entomofag munosabatlarining shakllanish jarayoni, tripsning entomofaglari tur tarkibi, ularning miqdorini boshqarishda biologik kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor agrobiotsenozda trips turlarining (Haplothrips tritici Kurd, Thrips tabaci Lind.) biologik xususiyatlari ekin turlari bo‘yicha populyasiyalarining farqlanishi aniqlangan;

trips turlari uchun samarali entomofag turlarining tur tarkibi aniqlangan;

tripslarni samarali entomofag turlarini biolaboratoriyada yalpi ko‘paytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

respublikamizda trips miqdorini boshqarish maqsadida samarali  yirtqich kanalarning Amblyseius swirskii Ath, va yirtqich trips Aeolothrips intermedius Bagn turlari o‘rganilgan, ularni ko‘paytirish va qo‘llash usullari ilmiy asoslangan;

biotsenozda entomofag-xo‘jayin munosabatlarining shakllanishi, ularning populyasiyasi zichligining o‘zgarishida tashqi omillarning ta’siri aniqlangan;

tripslarga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimi ishlab chiqilgan va tripslarning pestisidlarga nisbatan chidamlilik darajasi ilmiy asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sabzavot va g‘o‘za agrobiotsenozida tamaki tripsi (Thrips tabaci Lind) bioekalogiyasi va uning sonini boshqarish usullaribo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

sabzavot va g‘o‘za agrobiotsenozidagi trips (Thrips tabaci Lind) zararkunandasiga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari asosida ishlab chiqilgan texnologiyalar Sirdaryo va Toshkent viloyatlari fermer xo‘jaliklari ekin maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 28 maydagi 02/029-106-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumda qisqa muddatda trips zararkunandasiga qarshi kurash sifati 2–3 barobarga ortishi kuzatilgan;

Sirdaryo va Toshkent viloyati ayrim ochiq va yopiq sharoitdagi g‘o‘za va sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida etishtirilayotgan g‘o‘za va sabzavot ekinlarini tripsdan himoya qilish tizimi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 28 maydagi 02/029-106-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumda qisqa muddatda trips zararkunandasiga qarshi kurashda biologik samaradorligi 4-5 foizgacha oshishiga erishilgan;

trips zararkunandalariga qarshi entomofag turlarini ko‘paytirish O‘simliklarni biologik himoya qilish ilmiy-tadqiqot markazi biolaboratoriyasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 28 maydagi 02/029-106-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumda trips zararkunandalariga qarshi biologik kurash olib borish va ekologik sabzavot mahsulotlarini etishtirish miqdori 11,0–12,0 sentnerni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish