Axmedov Xusniddin Alikulovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasi (ijtimoiy-siyosiy tahlil)”, 23.00.03–Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Siyos22.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy  universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.

Ilmiy maslahatchi: Ganieva Marifat Xabibovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor; Quronov Muxammadjon, pedogogika fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin, siyosiy fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati, ma’naviy hayotga xos o‘zgarishlar dinamikasining qonuniyatlari va namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“jamiyatning ma’naviy hayoti” va “ma’naviy hayot dinamikasi” tushunchalarining ijtimoiy-siyosiy, o‘zgaruvchan, intensiv va tarbiyaviy jihatlari ochib berilgan;

ma’naviy hayot dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar transformatsiyasining mamlakatimizga xos optimistik, tolerantlik kabi mental jihatlari ochib berilgan;

jamiyatimiz ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasining ustuvor konstruktiv tendensiyalari va ularning davlat va jamoat tashkilotlari, hududlardagi tizimlar rivojiga intensiv ta’siri hamda uning strategik natijalari ochib berilgan;

jamiyatning ma’naviy hayotiga xos o‘zgarishlarning samarasini oshirish jarayonidagi siyosiy madaniyat va mafkura bilan bog‘liq mantiqiy aloqadorlik, uzviylik, vorisiylik kabi xususiyatlari ochib berilgan;

jamiyatning yangi qiyofasini yaratish jarayonidagi ma’naviy hayotning real holatini aniqlash, islohotlarning ma’naviy mezonlarini takomillashtirish va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni ma’naviy baholashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbekistonda jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

jamiyat ma’naviy hayotining dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadigan davlat qurilishi, hokimiyatlar bo‘linishi kabi ijtimoiy-siyosiy omillar, sohadagi tafakkur o‘zgarishi, yangilanishlar jarayonining mamlakatimizga xos jihatlariga doir  hamda fuqarolik jamiyatiga tegishli mulohazalardan “Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va tamoyillar” lug‘atidagi ijtimoiy-siyosiy atamalarning ta’rifini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 iyundagi 89-03-2354-son ma’lumotnomasi. (– Toshkent, “Turon zamin ziyo” 2017, 19-b.t). Natijada mazkur lug‘atning ma’no-mazmuni, jamiyatning ma’naviy hayoti dinamikasi kabi tushunchalar bilan boyitilgan, ular asosida yoshlar ongiga fuqarolik jamiyati haqidagi fikrlarni singdirish bo‘yicha ta’sirchanligi ortgan;

Jamiyatimiz ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasining ustuvor konstruktiv tendensiyalarining ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, markaz va hududlardagi tizimlar rivojiga ta’siri va natijalariga qaratilgan xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilish” sohasidagi faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 20 iyuldagi 01/09-847-18-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturining VI bobi “Jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, korrupsiya, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar” qismida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;

jamiyatning ma’naviy hayotiga xos o‘zgarishlarning samarasini oshirish jarayonidagi siyosiy madaniyat va mafkura bilan bog‘liq o‘zaro aloqadorlik, uzviylik, tizimli xususiyatlariga doir takliflardan “Taraqqiyot strategiyasi” markazining xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari doirasidagi normativ-huquqiy va shartnomaviy bazalarni tahlil qilishda foydalanilgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2018 yil 17 iyuldagi 1075/18-son ma’lumotnomasi). Natijada Harakatlar strategiyasi va uning asosidagi davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha aholining fikr-mulohazalarini o‘rganish, ular yuzasidan ilmiy-amaliy jihatga ega bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqishga erishilgan;

tadqiqotning “jamiyatning ma’naviy hayoti” va “ma’naviy hayot dinamikasi” kabi tushunchalar talqinidan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan tayyorlangan “Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2018 yil 14 sentyabrdagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy-falsafiy lug‘at ma’naviy hayotga taalluqli yangi atamalar bilan boyidi, bu esa jamiyat ma’naviy hayotining an’anaviy qabul qilingan ta’riflarini yangi mazmuniy jihatlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;

O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishda jamiyatni yanada demokratlashtirish va mamlakat hayotini yangilashga qaratilgan tub islohotlar va o‘zgarishlar jarayonida xalqimiz ma’naviyatini yangi bosqichga ko‘tarish mexanizmlaridan hamda jamiyat ma’naviy hayotini yangi mazmun bilan to‘ldirish, aholining qalbi va ongida yuksak ma’naviy qadriyatlarni barqaror qilish borasidagi faoliyat natijalarining dinamik tarzda o‘sib borish jarayonini yanada samarali tashkil qilish borasidagi takliflaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 17 iyuldagi 01-11-10-4980-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ma’naviy-madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni umumbashariy qadriyatlarning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish