Yusupov Saidvali Shukrullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuchli raqobat sharoitida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirish strategiyalari», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt70.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murad Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqobat sharoitida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalari raqobat strategiyasi tarmoqdagi vaziyat va tarmoq ichida raqobatbardoshlik muhitini yaratishga qaratilgan vertikal integratsiya yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari tannarxini pasaytirishda sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslikning kritik nuqtasi qimmat tolalarni nisbatan arzonroq tolalarga almashtirishning optimal salmog‘ini aniqlash orqali asoslangan hamda korxona faoliyatini boshqarish ishlar oqimini boshqarish tizimi (Work Flow Management System) asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalaridagi innovatsiya jarayonlarini samarali boshqarish texnologik zanjirni optimal tanlash omiliga bevosita bog‘liqligi asoslab berilgan;
to‘qimachilik korxonalarini rivojlantirishda keng tabaqalashtirish, optimal xarajatlar va fokuslash strategiyalarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan hamda korxonaning tarmoqdagi raqobat mavqeini strategik boshqarishning konseptual modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuchliraqobat sharoitida to‘qimachilik korxonalarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalari raqobat strategiyasi tarmoqdagi vaziyat va tarmoq ichida raqobatbardoshlik muhitini yaratishga qaratilgan vertikal integratsiya yondashuvi asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Uzteks Tashkent» qo‘shma korxonasi va «Sirkechi Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 maydagi DM-12-175-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Uzteks Tashkent» qo‘shma korxonasi va «Sirkechi Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini 10 foizga qisqartirishga erishilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari tannarxini pasaytirishda sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslikning kritik nuqtasi qimmat tolalarni nisbatan arzonroq tolalarga almashtirishning optimal salmog‘ini aniqlash orqali asoslangan hamda korxona faoliyatini boshqarishni ishlar oqimini boshqarish tizimi (Work Flow Management System) asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «IAB-ANVAR» xususiy korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 maydagi DM-12-175-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning yillik sof foydasi 34,5 mln. so‘mga ortgan;
to‘qimachilik korxonalaridagi innovatsiya jarayonlarini samarali boshqarish texnologik zanjirni optimal tanlash omiliga bevosita bog‘liqligi bo‘yicha berilgan takliflar «To‘qimachilik sanoati korxonalarida strategik boshqaruv hisoboti va innovatsion faoliyatning nazariy va uslubiy asoslari» mavzusidagi Davlat granti loyihasida foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 maydagi DM-12-175-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan korxonalar innovatsion faoliyatini baholashning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda foydalanilgan;
to‘qimachilik korxonalarini rivojlantirishda keng tabaqalashtirish, optimal xarajatlar va fokuslash strategiyalarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligini asoslash hamda korxonaning tarmoqdagi raqobat mavqeini strategik boshqarishning konseptual modelini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar «Uzteks Tashkent» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 maydagi DM-12-175-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida «Uzteks Tashkent» qo‘shma korxonasida «Riter» tizimi o‘rniga «Tryuchler» tizimi texnologiyalari joriy etilganida har 1000 kg mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini 205100 so‘mga qisqartirishga, mahsulot rentabelligini 3,1%ga oshirishga erishilgan.