Hasanova Zebo Davlatovnaning

fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped95.

Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kaxxarova Matluba Mannofovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining axloqiy-estetik dunyoqarashini pedagogik texnologiyalar vositasida rivojlantirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

talaba ijtimoiy fazilatlarini shaxs dunyoqarashiga ta’sir etuvchi makro va mikro muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillari bilan hamohang rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari axloqiy va estetik qarashlarni optimallashtirish asosida aniqlangan;

talabalarda axloqiy-estetik dunyoqarashning tayanch (axloqiy sifatlar, axloqiy-estetik ong, axloqiy-estetik fikr, axloqiy-estetik did) umumiy (tarbiyalanganlik darajasi) va xususiy (shaxsning o‘zi egallagan axloqiy – estetik xususiyatlari) sifatlari kasbiy faoliyatga aloqador kompetensiyalarni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;

dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarning axloqiy-estetik dunyoqarashi ma’naviy muhitni kasbiy pedagogik yo‘nalganlik bilan uyg‘unlashtirib tarbiyalashga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy-estetik dunyoqarashini rivojlantirish samaradorligini tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

talabalarda axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirishning tayanch (axloqiy sifatlar, axloqiy-estetik ong, axloqiy-estetik fikr, axloqiy-estetik did), umumiy (tarbiyalanganlik darajasi) va xususiy (shaxsning o‘zi egallagan axloqiy-estetik xususiyatlar) fazilatlariga oid takliflar bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (“O‘zstandart” agentligi tomonidan  2015 yil 30 oktyabrda tasdiqlanib, 3923-son raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan). Natijada oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning modeli va bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirish jarayonining takomillashtirilgan texnologiyalari ta’lim tizimiga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi 89-03-1962-son ma’lumotnomasi). Olingan natija ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish jarayonida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisida axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirishning mazmuni, shakl, metod va vositalari kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi sifatida xizmat qilgan;

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirishning ta’lim texnologiyalari, darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirishning takomillashtirilgan innovatsion texnologiyalaridan YoA1-4 raqamli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini elektron o‘quv-metodik materiallar orqali rivojlantirish” mavzusidagi davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2014–2015 yillarga mo‘ljallangan yosh olimlar amaliy tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi 89-03-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirishga xizmat qilgan;

tajriba-sinov asosida aniqlangan talabalarda axloqiy-estetik dunyoqarashning shakllanganlik darajasi, uni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlariga oid pedagogik tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 28 fevraldagi 51-buyruq, № 1591 guvohnomasi). Natijada bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida o‘z-o‘zini boshqara olish malakasi rivojlanib, ular egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar amaliyotda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish