Muminova Zarifa Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson ma’naviy borlig‘iga sinergetik yondashuv», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya, mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal69.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Shermuxammedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Salomova Xakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson ma’naviy borlig‘ini murakkab fenomen sifatida sinergetik tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkab sotsial vaziyatlar insonning o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlaridan foydalanish orqali ijodiy ruh va salohiyatini namoyon qilish va o‘zini yangi, rivojlangan bosqichga olib chiqishi uchun turtki bo‘lish xususiyati mantiqiy-gnoseologik jihatdan asoslab berilgan;
erkinlik va individuallik me’yoridan oshganida insonning o‘zligidan, o‘z mohiyatidan begonalashishi hamda o‘zining ichki mohiyatini inkor etishiga olib kelishi ochib berilgan;
oila mikromuhitidagi bifurkatsiya holati, ya’ni beqaror vaziyatning farzand tarbiyasiga salbiy ta’sirini makromuhit sharoitida attraktor tamoyili asosida bartaraf etish mumkinligi isbotlab berilgan;
inson ruhiy olamidagi xaos (tartibsizlik va stresslar) shaxsda narkomaniya va alkogolizm singari inson jismoniy strukturasini emiruvchi illatlarni keltirib chiqarish sabablari (sinergetikadagi xaos va tartibning bir-biriga o‘tishi qoidasi vositasida) asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
mantiqiy-gnoseologik jihatdan asoslab berilgan, murakkab sotsial vaziyatlar insonning o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlaridan foydalanish orqali ijodiy ruh va salohiyatini namoyon qilishi va o‘zini yangi, rivojlangan bosqichga olib chiqishi uchun turtki bo‘lish xususiyatiga oid hamda oila mikromuhitidagi bifurkatsiya holati, ya’ni beqaror vaziyatning farzand tarbiyasiga salbiy ta’sirini makromuhit sharoitida attraktor tamoyili asosida bartaraf etish mumkinligi haqidagi xulosalardan Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2018 yil 22 noyabrdagi 03/1487-18-son ma’lumotnomasi). Natijada oila va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikning kuchayishiga xizmat qilgan;
erkinlik va individuallik me’yoridan oshganida insonning o‘zligidan, o‘z mohiyatidan begonalashishi hamda o‘zining ichki mohiyatini inkor etishiga olib kelishiga oid amaliy takliflaridan Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashining 2018 yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasi asosida o‘tkazilgan yoshlarning o‘z-o‘zini anglashi – milliy o‘zlikni anglashining asosi, inson mohiyatini inkor etuvchi turli submadaniyatlarga nisbatan oqilona nuqtai nazar va munosabatni shakllantirish masalalaridagi trening va chiqishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 22 noyabrdagi 04-13/6076-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlar va o‘smirlar orasida submadaniyat elementlari yoyilishining oldini olishga samarali xizmat qilgan;
mantiqiy-gnoseologik jihatdan asoslab berilgan, murakkab sotsial vaziyatlarda inson ma’naviy borlig‘i entropiylikka uchrashining oldini olishda o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlaridan foydalanishning xususiyatlariga oid ilmiy yangiligidan «Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti» Samarqand viloyat bo‘linmasi «NNT va fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari rivojlanishini monitoring qilish» loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2017 yil 24 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada umidsizlikka tushib qolgan ayollarga, bemorlarga ruhiy, ma’naviy va amaliy yordam ko‘rsatish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.