Oripov Sherali Xolboevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lalmikor maydonlar uchun serhosil, moy chiqishi yuqori maxsar va moyli zig‘irning yangi navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx341.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi.
Ilmiy rahbar: Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: maxsarning «Jizzax-1» navi (NAR 00175) va moyli zig‘ir «Bahorikor» navi (NAR 00200).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 14 sentyabrdagi 02-11/2349-son va 02-11/2349-1-son xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublika lalmikor maydonlari uchun maxsar va zig‘ir kabi moyli ekin turlarining tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, yog‘ chiqimi yuqori bo‘lgan serhosil navlarini yaratish va birlamchi urug‘chiligini tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk borkompleks belgi va xususiyatlariga ega bo‘lganlik ko‘rsatkichi bo‘yichazig‘ir va maxsarning yangi tizmalari tanlab olingan;
tizmalarni biologik xususiyatlari, donning texnologik sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan va boshlang‘ich urug‘chilik tizimi takomillashtirilgan;
lalmikor erlar uchun moyli ekinlarning yangi navlarini yaratish va boshlang‘ich urug‘chiligini samarali tashkil etish natijasida don hosildorligi va donning yog‘ chiqish miqdori oshishi aniqlangan;
lalmikor maydonlarda ekish uchun tashqi muhitning noqulay omillariga, kasallik va zararkunandalarga chidamli, don hosildorligi va moy chiqishi yuqori bo‘lgan maxsarning «Jizzax-1» va moyli zig‘irning «Bahorikor» navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lalmikor maydonlarda tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, serhosil va moy chiqishi yuqori bo‘lgan navlarini yaratishbo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
noqulay omillarga chidamli, serhosil va moy chiqishi yuqori bo‘lgan maxsarning yangi «Jizzax-1» navi yaratilgan hamda 2017 yildan qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish uchun davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining 2018 yil 11 sentyabrdagi T/6-4-480-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida lalmikor maydonlarda maxsarning yangi «Jizzax-1» navining don hosildorligi o‘rtacha gektariga 11,5 sentnerni tashkil etgan va andoza navlarga nisbatan 3,5 sentner qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan;
lalmikor maydonlarda ekish uchun moyli zig‘irning «Bahorikor» navi yaratilgan va 2015 yildan qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish uchun davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 02/021-255-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida moyli zig‘irning «Bahorikor» navining hosildorligi o‘rtacha gektariga 10,7 sentnerni tashkil etgan va andoza navlarga nisbatan 2,6 sentner qo‘shimcha don hosili olingan hamda iqtisodiy samaradorlik gektaridan 240-250 ming so‘m, rentabellik darajasi 18 foizni tashkil etgan.
yangidan yaratilgan maxsarning yangi «Jizzax-1» va moyli zig‘irning «Bahorikor» navlariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (NAP 00175, NAP 00200). Natijada lalmikor maydonlarda tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, serhosil, moy chiqishi yuqori maxsar va moyli zig‘irning yangi navlari ekish uchun katta maydonlarga joylashtirilgan.