Davranov Orzu Abdujabbarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt3.

Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isxakov Abdulaxad Qayumovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

to‘qimachilik korxonalari klasterining paxta xomashyosini etishtiruvchilar, birlamchi va chuqur qayta ishlovchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini maqsadli tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

xorijiy investisiyalar ishtirokidagi to‘qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirish va joylashtirish uchun maxsus to‘qimachilik hududlarini yaratish hamda ularga imtiyozlar va pereferensiyalar berish taklif etilgan;

to‘qimachilik sanoati korxonalarini («Baypak Textile» qo‘shma korxonasi misolida) modernizatsiyalash siyosati asosiy ishlab chiqarish fondlarini eskirganlik sharoitida mehnat resurslari va energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni e’tiborga olgan holda amalga oshirish taklifi ishlab chiqilgan;  

to‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyat darajasini baholash usuli korxonalar iqtisodiy-xo‘jalik ko‘rsatkichlarini qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy salohiyat darajasiga ajratgan holda tasniflash asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

To‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

to‘qimachilik korxonalari klasterini paxta xomashyosini etishtiruvchilar, birlamchi va chuqur qayta ishlovchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini maqsadli tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 744-son qarorining 2-bo‘limida (2-bandi) inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil`, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va engil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining 2018 yil 24 sentyabrdagi 04-6-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida to‘qimachilik korxonalarida sifatli, arzon va raqobatbardosh mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;

xorijiy investisiyalar ishtirokidagi to‘qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirish va joylashtirish uchun maxsus to‘qimachilik hududlarini yaratish hamda ularga imtiyozlar va pereferensiyalar berish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 744-son Qarorining 7-bo‘limida (1-bandi) inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil`, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va engil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining 2018 yil 24 sentyabrdagi 04-6-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi paxta xom-ashyosi etishtiruvchi korxonalarni o‘z vaqtida va zarur hajmda moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkonini bergan;

to‘qimachilik sanoati korxonalarini («Baypak Textile» qo‘shma korxonasi misolida) modernizatsiyalash siyosati asosiy ishlab chiqarish fondlarini eskirganlik sharoitida mehnat resurslari va energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni e’tiborga olgan holda amalga oshirish bo‘yicha taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo to‘qimachilik korxonalari amaliyotida joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 19 apreldagi DM-172-son va «Baypak Textile» qo‘shma korxonasining 2018 yil 19 yanvardagi 12-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida korxonaning iqtisodiy salohiyati 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 16,5%ga oshgan;

to‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyat darajasini baholash usulini korxonalar iqtisodiy-xo‘jalik ko‘rsatkichlarini qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy salohiyat darajasiga ajratgan holda tasniflash asosida takomillashtirilgan usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo to‘qimachilik korxonalarining iqtisodiy salohiyat darajasini doimiy monitoring qilib borish uchun joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 19 apreldagi DM-172-son, «Baypak Textile» qo‘shma korxonasining 2018 yil 19 yanvardagi 12-son, «Chinoz Textile» MChJning 2018 yil 23 yanvardagi 17-son va «Uztex Tashkent» qo‘shma korxonasining 2018 yil 26 yanvardagi 18-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif korxona «iqtisodiy salohiyati» darajasini doimiy monitoring qilib borish imkoniyatini bergan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish