Abdurahmonxo‘jaev Jamoliddin Xusanxon o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda sud`yalar korpusini shakllantirishni takomillashtirish va ular mustaqilligini ta’minlash», 12.00.07–Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu64.

Ilmiy rahbar: Ruzinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, DSc.30.05.2018.Yu.67.01.

Rasmiy opponentlar: Salomov Baxrom Salomovich, yuridik fanlar doktori, Muxtorov Nodirjon Ilxomjonovich, yuridik fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.  

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sud`yalar korpusini shakllantirishda ular mustaqilligini ta’minlashga oid munosabatlarni  tashkiliy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sud`yalar korpusini shakllantirish bo‘yicha sud`yalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sud`yalarni tayinlash, shuningdek rahbar sud`yalik lavozimlariga nomzod ko‘rsatish uchun tavsiya berish qoidalari ishlab chiqilgan;

sud`yalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud`yalarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish hamda sud`yalarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar asoslangan;

sud`yalar korpusini shakllantirishda sud`yalar hamjamiyatining organi, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa jamoatchilik vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni keng jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

sud`yalar faoliyatini ballik tizim bo‘yicha baholash tartibi hamda sud`yalar korpusi salohiyatini aniqlash mezonlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda sud`yalar korpusini shakllantirishni takomillashtirishda va ular mustaqilligini ta’minlash mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sud`yalar korpusini shakllantirish bo‘yicha sud`yalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sud`yalarni tayinlash, shuningdek rahbar sud`yalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son Farmoniga 8-ilova sifatida tasdiqlangan Davlat dasturining 55-bandi, 56-bandi, 57-bandi, 58-bandi va 60-bandlarini tayyorlashda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasining 2017 yil 3 apreldagi 02/1-807-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi sud`yalar korpusini shakllantirish, sud`yalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud`yalarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlarni Sud`yalar oliy kengashining vakolatlari doirasida ko‘rish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish vakolatini belgilashga xizmat qilgan;

sud`yalar korpusini shakllantirishda sud`yalar hamjamiyati organining o‘rni va rolini belgilash, sud`yalar daxlsizligi buzilishi va ular faoliyatiga aralashishning oldini olish, sud`yalarni kasbiy tayyorlash, shuningdek sud`yalarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi PF–4966-son Farmonining 1-3 va 6-7, 10-12-bandlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasining 2017 yil 3 apreldagi 02/1-807-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi sud`yalar korpusini samarali shakllantirishga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, sud`yalar mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilgan;

sud`yalar maqomi, sud`yalikka nomzodlariga qo‘yiladigan talablar, sud`yalar daxlsizligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasining 2017 yil 3 apreldagi 02/1-807-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi sud`yalar korpusini shakllantirish samaradorligini oshirish, Sud`yalar oliy kengashi vakolatlarini aniqlash, sud`yalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;

sud`yalar faoliyatini baholashni tashkil etish tartibi, mezonlari va uning natijalari bo‘yicha takliflardan Sud`yalar faliyatini o‘rganish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazining 2017 yil 10 fevralda tasdiqlangan 1/5-80-17-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi sud`yalarning faoliyatini o‘rganish va baholash tartibi, mezonlari va muddatlarini belgilash va ushbu munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish