Abdullaeva Ozoda Safibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped101.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaeva El`zara Reshatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Urinova Nilufar Muxammadovna, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasiga tashxis qo‘yish indikatorlari uzluksiz ta’lim tizimida pedagog kadrlarni tayyorlashga konseptual yondashuvlar (tizimli, vaziyatga doir, refleksiv, shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan) asosida aniqlangan;
talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligini baholash mezonlari pedagogik jarayonlarni tashkil etishga korporativ yondashuvni tizimli boshqaruv bilan maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarning pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni mexanizmi o‘zaro faoliyatni aks ettiruvchi invariantli modulni (propedevtik kurs, Web-quest texnologiya, portfolio hamda kasbiy faoliyat ko‘rsatkichlari tizimlari) kiritish orqali takomillashtirilgan;
“Talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini tashkil qilish va boshqarish” hamda “Kasb ta’limi yo‘nalish talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish” modellari bashorat ko‘rsatkichlari va diversifikatsion-strategik boshqaruvga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb ta’lim yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirish texnologiyasini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasiga tashxis qo‘yish indikatorlari o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 26 sentyabrdagi 89-03-2782-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirish texnologiyasi takomillashtirilgan, samarali tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, kasbiy faoliyatning natijaviyligini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligini baholash mezonlari va konseptual yondashuvlar 5330200-Informatika va axborot texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan “Kasb ta’limi pedagogining pedagogik kompetentligi” nomli o‘quv qo‘llanma (Laplambert Academic publishing & Co.KG, Saarbrucken, Germany, 2015. – 105 b.) mazmuniga singdirilgan hamda o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 26 sentyabrdagi 89-03-2782-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligini tashxis etishning diagnostik apparati takomillashtirilgan va korreksion chora-tadbirlar tizimi aniqlashtirilgan;
kasb ta’lim yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflardan “Pedagogik jarayonlarni tashkil qilish hamda boshqarish texnologiyalari” (2011–2012 yy.) innovatsion loyihasining 2-bandi: kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini boshqarish lokal-modulli texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 26 sentyabrdagi 89-03-2782-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vaziyatli, shaxsga yo‘naltirilgan, refleksiv yondashuvga asoslangan umumpedagogik texnologiyalar mazmuni takomillashtirilgan;
“Talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini tashkil qilish va boshqarish” hamda “Kasb ta’limi yo‘nalish talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish” modellaridan “Umumta’lim maktablar rahbarlarining kasbiy kompetentligini tizimli yondashuv va rahbarlik faoliyati samaradorligini oshirish texnologiyalari asosida rivojlantirish” (2012-2013 yy.) innovatsion loyihasining 4-bandi: kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini pedagogik faoliyatni tashkil etish va boshqarishga tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 26 sentyabrdagi 89-03-2782-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik faoliyatga tayyorlashning zamonaviy talablarga muvofiq tuzilmaviy-mantiqiy modeli maxsus o‘quv modullarini (propedevtik kursi, Web-quest texnologiyasi, portfolio hamda kasbiy faoliyat ko‘rsatkichlari tizimlari) joriy etish bo‘yicha takomillashtirilgan.