Radjabov Akmal Abduxaliqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportchilar faoliyatida stressli kechinmalar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P315.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Baratov Xumoyun Sharifovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sportchilar faoliyatida stressli kechinmalar namoyon bo‘lishinning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishning uslubiy ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilar faoliyatida yuzaga keladigan stressli kechinmalarni psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasiga mo‘ljallangan metodikalar tizimi tayyorlanib, stressor vazifasini o‘tovchi (ichki va tashqi) omillarni aniqlashning integrativ blokli-chizmasi ishlab chiqilgan
sportchilarlardagi stressli kechinmalarning psixokorreksiyasida boshlang‘ich tayyorlov guruhi vakillarida estreversiya-introversiyaning dual vektorlarini neyrotizmga bog‘liq holda darajaviy ifodalanishiga asoslanib shaxs individual-psixologik xususiyatlari usutuvor harakterga ega ekanligi dalillangan
sportchilarning musobaqaga psixik tayyorgarligini aniqlashda musobaqada emotsional barqarorlik, faoliyatda o‘zini boshqarish, sport motivatsiyasi, stabillik-to‘siqlarga bardoshlilik, stress faktorlariga ta’sirchanlikning boshlang‘ich tayyorlov guruhi va oliy sport mahorati guruhi vakillarida darajaviy ifodalanishiga asoslanib, shaxs psixoemosional holati muhim omil ekanligi dalillangan.
sportchilar faoliyatida stressli kechinmalarni muvaffaqiyatli engishning ijtimoiy-psixologik modeli musobaqadan oldingi barqarorlikni ta’minlash, musobaqa jarayonida o‘z kuchini nazorat qilish, musobaqadan keyingi zo‘riqishlarni bartaraf etish muhimligiga ko‘ra “fiziologik”, “ijtimoiy”, “psixologik” bilan bog‘liq stressorlarga qarshi kurashish blokini kiritish asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sportchilar faoliyatida stressli kechinmalar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
sportchilar faoliyatida yuzaga keladigan stressli kechinmalarni psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasiga mo‘ljallangan metodikalar tizimi tayyorlanib, stressor vazifasini o‘tovchi (ichki va tashqi) omillarni aniqlashning integrativ blokli-chizmasi ishlab chiqilganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM212-sonli buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli mazmuniga sindirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM212a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sportchilar faoliyatida yuzaga keladigan stressli kechinmalarni psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasiga mo‘ljallangan metodikalar tizimini tayyorlash hamda stressor vazifasini o‘tovchi (ichki va tashqi) omillarni aniqlashning integrativ blokli-chizmasi yaratilgan.
sportchilarlardagi stressli kechinmalarning psixokorreksiyasida boshlang‘ich tayyorlov guruhi vakillarida estreversiya-introversiyaning dual vektorlarini neyrotizmga bog‘liq holda darajaviy ifodalanishiga asoslanib shaxs individual-psixologik xususiyatlari usutuvor harakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM212-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga sindirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM212a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa jarayonidagi srtessli kechinmalarni bartaraf etuvchi ijtimoiy-psixologik treninglar dasturini tayyorlab, uning samaradorligi aniqlangan.
sportchilarning musobaqaga psixik tayyorgarligini aniqlashda musobaqada emotsional barqarorlik, faoliyatda o‘zini boshqarish, sport motivatsiyasi, stabillik-to‘siqlarga bardoshlilik, stress faktorlariga ta’sirchanlikning boshlang‘ich tayyorlov guruhi va oliy sport mahorati guruhi vakillarida darajaviy ifodalanishiga asoslanib, shaxs psixoemosional holati muhim omil ekanligi dalillangan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM212-sonli buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli mazmuniga sindirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM212a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sport faoliyatida stress va stressogen holatlarni korreksiyalashga mo‘ljallangan koping-strategiya dasturini tayyorlab, sportchilarda stressli kechinmalarni samarali bartaraf etishning optimal tizimi yaratilgan.
sportchilar faoliyatida stressli kechinmalarni muvaffaqiyatli engishning ijtimoiy-psixologik modeli musobaqadan oldingi barqarorlikni ta’minlash, musobaqa jarayonida o‘z kuchini nazorat qilish, musobaqadan keyingi zo‘riqishlarni bartaraf etish muhimligiga ko‘ra “fiziologik”, “ijtimoiy”, “psixologik” bilan bog‘liq stressorlarga qarshi kurashish blokini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM212-sonli buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduli mazmuniga sindirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM212a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sport faoliyatida sportchi shaxsiga xos stressli kechinmalar ta’sirini o‘rganib, uni muvafaqqiyatli engishning (koping strategiya) ijtimoiy-psixologik modeli yaratilgan.