Qurbonov Javlonbek Jurabekovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish istiqbollari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt211.

Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Nodir Jumaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Abu Rayxon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat va aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«korporativ moliya» tushunchasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning korporativ shakldagi tuzilmalarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga erishish hamda ta’sischilar kapitalini oshirishni ta’minlash ustuvorligini belgilash orqali takomillashtirilgan;

davlat investisiya siyosatida belgilangan aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investorlarning ishtiroki bo‘yicha amaldagi talablar qulay investision muhitni yaratish jihatidan takomillashtirilgan;

xorijiy investorlar uchun tijorat banklarda hisobraqamlar ochish va ularga xorijiy valyutada qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqini berish bo‘yicha ilmiy taklif ishlab chiqilgan;

investision loyihalar samaradorligini ifodalovchi NPV, MIRR, IRR, PP, DPP kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni innovatsion shaklda baholash mexanizmi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish istiqbollari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:

«Korporativ moliya» tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning xususiyatlari va berilgan mualliflik ta’riflari borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr etishga ruxsat berilgan «Zamonaviy korporativ boshqaruv» nomli darslikda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘iga asosan 744-023 raqam bilan ro‘yxatga olingan guvohnoma). Buning natijasida korporativ moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda mazkur tushunchalarning ta’rifi va aniq chegarasini belgilashga imkon yaratgan;

aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi chet ellik investorlar ulushining 15 foiz hajmida bo‘lishi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi PQ-3852-sonli «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi» (30-bandi)da o‘z aksini topgan (Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 18 sentyabrdagi 2078/02-09-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida aksiyadorlik jamiyatlari uchun qulay investision muhit yaratilishiga va qonunchilikdagi mavjud kamchiliklarning bartaraf etilishiga erishilgan;

xorijiy investorlar uchun O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisobraqamlar ochish va xorijiy valyutada sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqi berish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi PQ-3852-son «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  Qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi» (30-bandi)da o‘z aksini topgan (Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 18 sentyabrdagi 2078/02-09-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining nufuzli «Biznes yuritish» hisobotidagi O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish va fond bozoriga chet ellik investorlarni jalb qilish jarayonlarini tezlashtirishga erishilgan;

«Investision loyihalarni baholash elektron dasturi» nomli elektron dasturni amaliyotda foydalanish bo‘yicha ilmiy taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 maydagi ShV-03/05-3739-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investision loyihalar samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar – NPV, IRR, MIRR, PP, DPPni hisoblash uchun sarflanadigan vaqtni tejash va investision faoliyat samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish