Tajbenova Saule Sarsengalievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarida o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rgatish metodikasi (ta’lim qozoq  va o‘zbek tillarida olib boriladigan boshlang‘ich sinflar misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped70.

Ilmiy rahbar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.

Rasmiy opponentlar: Yuldoshev Qozoqbay Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Shamsiya Kuraltaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ona tili darslarida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligiga asoslangan nazariy qoidalarni anglash, amalda qo‘llash, grammatik birliklarni senzetiv o‘qitish metodikasi divergentlik (mantiqiylik, aniqliq, yaxlitlik), konvergentlik (analitik, ijodiylik, muqobillik) yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik layoqati va mustaqil bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmi antropotsentrik va kognitiv tilshunoslikning lingvomadaniy (tushuncha, voqelik, madaniy sema) elementlarini integratsiyalash (takrorlash, baholash, topshiriq) asosida takomillashtirilgan;

ona tili darslarida nazariy qoidalarni amalda qo‘llashni o‘rgatishning kognitiv, emotsional hissiy va faoliyatga doir bosqichlari praksiologik yondashuvga asoslangan refleksiv texnologiyalar (xatoliklar ustida ishlash, qayta hikoya tuzish, erkin xat yozish) asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti interfaol metodlar (sinkveyn, limeriki, besh minutlik esse, qog‘ozli va rasmli klaster)ga mo‘ljallangan autentik o‘quv materiallari (qiziqarli xabarlar, mental birliklar)ni tayyorlash asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ona tili darslarida o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rgatish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

ta’lim o‘zbek va qozoq  tillarida olib boriladigan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligiga asoslangan nazariy qoidalarni anglash, amalda qo‘llash, grammatik birliklarni senzetiv o‘qitish metodikasi, divergentlik va konvergentlik yondashuvlariga doir takliflardan «O‘zbek tili», «Qozoq tili» fanlaridan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 iyundagi 01-02/2-2-167-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili darslarida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘quv materiallari tizimlashtirilgan;

ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik layoqati va mustaqil bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish, antropotsentrik va kognitiv tilshunoslikning lingvomadaniy elementlariga doir takliflardan «Ona tili» (1–4-sinflar) nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 iyundagi 01-02/2-2-167-son ma’lumotnomasi). Ushbu namuna tarzida tayorlangan dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar o‘quvchilarning lingvistik layoqati va mustaqil bilim olish qobiliyatlarini o‘stirish imkoniyati kengaytirilgan;

ona tili darslarida nazariy qoidalarni amalda qo‘llashni o‘rgatish bosqichlari, praksiologik yondashuvga asoslangan refleksiv texnologiyalar, interfaol metodlar, autentik o‘quv materiallarini tayyorlashga oid taklif va tavsiyalar «Ona tili darslarida o‘quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo‘llashga o‘rgatish metodikasi (ta’lim qozoq va o‘zbek tillarida olib boriladigan boshlang‘ich sinflar misolida)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 01-01/09-415-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar va amaliy materiallar o‘quvchilarning ijodiy faolligi, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish