Madaminov Farruxbek Ma’rufjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston florasidagi Parrya R.Br. turkumi turlarining taksonomiyasi, geografiyasi va ekologiyasi”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B723.
Ilmiy rahbar: Karimov Farxod Isomiddinovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar. Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Esanov Husniddin Qurbonovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasida tarqalgan Parrya turkumiga mansub turlarning taksonomik tarkibi, ekologik va geografik xususiyatlarini aniqlash hamda muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor O‘zbekiston florasida tarqalgan Parryaning 19 turdan iborat ekanligi aniqlandi, zamonaviy konspekti yaratildi hamda turlarini aniqlagich kaliti tuzildi;
turkumning fan uchun yangi Parrya tojibaevii D.A. German & Madaminov aniqlandi, kamyoblik maqomi belgilandi va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashriga kiritish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi;
2 ta yangi seksiya sect. Pseudoclausia (Popov) Madaminov va sect. Parrya kombinatsiyasi yaratildi;
turkum turlarining botanik-geografik rayonlar kesimida, yirik tog‘ tizmalari va to‘r tizimli xaritalash bo‘yicha geografik tahlili o‘tkazildi;
turkum turlarining ekologik (tik mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishi, tuproq va topografik xususiyatlari yillik o‘rtacha havo harorati, yog‘ingarchilik miqdori) bo‘yicha tahlili amalga oshirildi;
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 4 ta kamyob (P. saxifraga, P. kuramensis, P. sarawschanica, P. schimganica) va 2 ta endem (P. pjataevae, P. nuratensis) turlarni saqlab qolish uchun muhofaza choralari ishlab chiqilgan va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) toifalari bo‘yicha baholandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston florasidagi Parrya turkumi turlarini taksonomik, geografik va ekologik o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Parrya turkumining 17 turning 424 namunasi gerbariy na’munalari asosidagi ma’lumotlar bazasi Global bioxilma-xillik ma’lumotlari tizimiga (www.gbif.org, GBIF) kiritilgan (Global bioxilma-xillik ma’lumotlari bazasi sertifikati, 2023-yil 6-dekabr guvohnomasi). Natijada, GBIF portalida o‘simliklar turkumi bazasini boyitishga xizmat qilgan, shuningdek, turkumning geografik, taksonomik va ekologik o‘rganish hamda global tahlil qilish imkonini bergan; 
O‘zbekiston florasida tarqalgan Parrya turkumiga oid 15 ta turning 300 dan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) ilmiy noyob ob’ekti fondiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 18-avgustdagi №4/1255-1750-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududidan yigʻilgan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan P. saxifraga, P. schimganica, P. sarawschanica, P. nuratensis kamyob va endem turlarning yangi gerbariy namunalari noyob obektning O‘rta Osiyo bo‘limi kolleksiyasini boyitgan va turlarning taksonomiyasi, geografiyasi bo‘yicha yangi maʼlumotlar hamda turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari O‘zbekiston florasining elektron maʼlumotlar bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish