Shukurov Shuhrat Rayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqo‘tan konining geokimyoviy va mineralogik xususiyatlari, qimmatbaho va ularga yo‘ldosh elementlarning uchrash shakllari”, 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/GM194.
Ilmiy rahbar: Sadikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Umarov Akromiddin Zayniddinovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqo‘tan konining ma’danlari va ularni texnologik qayta ishlash mahsulotlarining moddiy tarkibini (geokimyoviy va mineral) mufassal o‘rganish, oltin, kumush, va ular bilan birga keluvchi boshqa elementlarning uchrash shakllari, xom ashyoning qiyin boyitilish omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqo‘tan koni ma’dan tanalarida oltin-kumush ma’danlashuviga mahsuldor ikkita: erta Fe-Au-As-S va kechki Sb-Ag-Cu-Zn-Pb geokimyoviy assotsiatsiyalar  mavjudligi aniqlangan;
Ma’danlarning moddiy tarkibi bo‘yicha turlari ajratilgan, ularning fazoda tarqalish qonuniyatlari, zonalliklari va ma’danlashuvga mahsuldor mineral assotsiatsiyalar  aniqlangan;
Qoraqo‘tan oltin-kumush konining geokimyoviy va mineralogik xususiyatlari, qimmatbaho va birga keluvchi Pt, Sn, W, Se, Te, Hg kamyob er elementlarining uchrash shakllari aniqlangan;
Qoraqo‘tan koni ma’danlarining texnologik xossalari va reglamenti  ishlab chiqilib, oltinni ajratib olishning eng samarali sxemasi – bu xlorli kuydirish va hosil bo‘lgan shlakni keyingi sorbsion siyanidlash bilan qayta ishlash ekanligi aniqlangan;
Qoraqo‘ton ma’dan maydonining mineralogik va geokimyoviy tadqiqotlari natijalari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ faoliyatiga joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqo‘tan ma’dan maydonining mineralogik va geokimyoviy tadqiqotlari natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqo‘ton konining ma’danlari moddiy tarkibi, oltin, kumush va boshqa birga keluvchi elementlarning uchrash shakllarini mufassal o‘rganish natijalari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 3 oktyabrdagi 08-3676-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar qimmatbaho metallarga ma’danlashuvning asosiy mineral va geokimyoviy assotsiatsiyalarini ajratish va geologik qidiruv ishlarining keyingi yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
Qoraqo‘ton konining mineralogik va geokimyoviy tizimlarining xususiyatlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 3 oktyabrdagi 08-3676-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, konda oltin-kumush ma’danlashuviga mahsuldor ikkita erta Fe-Au-As-S va kechki Sb-Ag-Cu-Zn-Pb geokimyoviy assotsiatsiyalarni ajratish va konni oltin-kumushli genetik kon turiga kiritish imkonini bergan; 
har xil turdagi ma’danlarni va ularni texnologik qayta ishlash mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar, oltin, kumush va boshqa qimmatli elementlar: Pt, Sn, W, Se, Te, Hg va kamyob er elementlarining uchrash shakllari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 3 oktyabrdagi 08-3676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqorida qayd etilgan qimmatli elementlarni qayta ishlash texnologiyasini yaratish bo‘yicha harakatlar rejalashtirilgan. Oltinni ajratishning eng samarali sxemasi - bu xlorli kuydirish va hosil bo‘lgan shlakni keyingi sorbsion siyanidlash bilan qayta ishlash bo‘lib, bu orqali oltin ajralishi 95,3 % oshirilgan;
Qoraqo‘ton koni ma’danlarining mineralogik xususiyatlari va turli xil genetik turdagi ma’danlarni zonalligi ma’lumotlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 3 oktyabrdagi 08-3676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, birinchi marta Qoraqo‘ton oltin-kumush koni ma’danlari uchun har xil genetik turdagi gipergen, supergen va gipogen ma’danlashuv zonalliklari ajratilib, Qoraqo‘ton konining chuqur hosildor gorizontlari uchun bashorat qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish