Ergashev Baxtiyar Ergashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Turkiston general-gubernatorligi mahkamasining ish yuritish faoliyati (tarixiy-manbashunoslik tahlili)», 07.00.08–Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tar57.
Ilmiy maslahatchi: Maxkamova Nodira Raxmonovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilorom Yunusovna, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Gulyamov Xondamirmirzo Gulyamovich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi ish yurtish hujjatlari asosida mazkur idora tashkil etilganidan boshlab tugatilgunga qadar bo‘lgan faoliyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi o‘lkani mustabid harbiy tuzum iskanjasida saqlab turishga qaratilgan tuzilma sifatida, imperiya huquqiy-normativ hujjatlarining amaliyotga joriy etilishi asosida tub aholini boshqarish qonunlari tizimi tashkil etilgani dalillangan;
xonliklar va chegaradosh davlatlar bilan savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirishda imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi har qanday savdo-iqtisodiy aloqalarni rag‘batlantirish va qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha general-gubernatorlik tashqi siyosatining mohiyati ochib berilgan;
harbiy va fuqarolik ishlarini yuritishda general-gubernatorlik mahkamasi kadrlar tarkibi faqat imperiya fuqaro-mutaxassislari hisobidan shakllantirilgani hamda ularning mustabid tuzumni saqlab turish maqsadida boshqaruv jarayonida mahalliy aholi vakillaridan malakali mutaxassislar etishib chiqishini chegaralashga qaratilgan faoliyatlari isbotlangan;
ish yuritish va ijro nazoratini tashkil qilish tashqi, harbiy, ichki ishlar vazirliklari kabi vakolatli organlarining tegishli direktiv hujjatlari va ko‘rsatmalari asosida amalga oshirilgani, hisobotlar va arxivlashtirish tartiblari negizida Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi imperiya ehtiyojiga xizmat qilgan ma’lumotlar bazasini shakllantiruvchi muassasa ekanligi ochib berilgan;
o‘lkada idora va tashkilotlar faoliyatiga oid qonunlarni harbiy intizom talablari asosida bajarilishini ta’minlashda ijroiya hokimiyati vazifasini olib borgan general-gubernatorlik mahkamasi boshliqlari, ish yurituvchilari va hujjatshunoslarining faoliyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi ish yuritish tarixini bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi ish yuritish hujjatlarini turkumlash, ma’lumotlarni tanlash uslublariga oid xulosalardan Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey qo‘riqxonasining 1868–1917 yillar fondlarini arxivlashtirishda, IP-324-344; KP-1233; IP-1233-2; KP-1236-10-27; KP-1372-1-6; KP-1559-1-3-fondlarining muzey atribusiyalari asosida ekspozisiyaga oid ilmiy tahlillarni o‘tkazishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 10 yanvardagi 01-11-08-134-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanishi Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey qo‘riqxonasining qayd etilgan fondlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitgan, eksponatlar izohlariga yangicha mazmun baxsh etgan;
Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi ish yuritish hujjatlarining kontent tahlili, ma’lumotni tanlash uslublariga oid qarashlardan O‘zR FA Tarix institutida amalga oshirilgan F-1-FA-0-11986 raqamli “O‘zbekiston shaharlari tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (qadimdan hozirga qadar)” fundamental loyihasining XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida shahar madaniyati va urbanizatsiya jarayonlari bo‘limini yoritishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 dekabrdagi FTA-02.11/1373-son ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar shaharlar boshqaruviga oid rasmiy manbalar asosida joriy etilgan “yangi” va “eski” shaharlar tarixiga oid ilmiy xulosalarni boyitishga xizmat qilgan;
mustabid tuzumni saqlab turish maqsadida boshqaruv jarayonida mahalliy aholi vakillaridan malakali mutaxassislar etishib chiqishini chegaralashga qaratilgan faoliyatlari F-1-FA-0-11986 raqamli “O‘zbekiston shaharlari tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (qadimdan hozirga qadar)” fundamental loyihasi doirasida Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida shaharlar tarixini o‘rganishning manbashunoslik asoslari va uslublarini ochib berishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 dekabrdagi FTA-02.11/1373-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy xulosalarining qo‘llanilishi XIX–XX asr boshlarida O‘zbekiston tarixiga oid manbalarning aniq baholanishiga imkon bergan;
Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi hujjatlarini o‘rganishning XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshi ilmiy jamiyatlar tarixiga oid yozma ma’lumotlar asosida “Arxeologiya havaskorlari to‘garagi”ga oid arxiv hujjatlari F.I.-FA-083775 raqamli “So‘g‘d va Ustrushonaning antik va o‘rta asrlar davri madaniyatida urbanizatsiya jarayonlari” fundamental loyihasiga tatbiq etilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 dekabrdagi FTA.02.11/1374-son ma’lumotnomasi). Tatbiq natijasida Samarqand viloyatidagi Kofirqal’a, Kofirmulla (I-1 Fond, 1-ro‘yxat, 150-yig‘ma jild) yodgorliklariga doir ma’lumotlar mukammallashgan, O‘zbekiston hududidagi ilk xristianlik tarixining to‘g‘ri tahlil qilinishiga imkon bergan;
Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi ish yuritish hujjatlari asosida F.I.-FA-083775 raqamli “So‘g‘d va Ustrushonaning antik va o‘rta asrlar davri madaniyatida urbanizatsiya jarayonlari” loyihasining So‘g‘dning qadim shaharsozlik madaniyati hamda qurilish qoldiqlarining xususiyatlariga oid ma’lumotlarni tahlil etishga bag‘ishlangan qismini yoritishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 dekabrdagi FTA.02.11/1374-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot xulosalari O‘rta Osiyodagi qadim madaniyat markazlari haqidagi ma’lumotlarning yanada aniqlashishiga xizmat qilib, ularga oid ayrim skeptik qarashlarning asossizligini ko‘rsatib berishga yordam bergan.