Mirzohidova Laylo Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XI–XII asrlar turkiy adabiyotida majoziy tasvir badiiyati”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil532.
Ilmiy rahbar: Salohiy Dilorom, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Qudratullaev Hasan, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XI–XII asrlar turkiy adabiyot majoziy tasvir poetikasining takomilini shu davrda yaratilgan «Devonu lug‘otit turk», «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq» asarlari misolida asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XI-XII asrlar turkiy adabiyotida ramziy tasviriy vositalar rang-barangligi, majoziy tasviriy vositalardan foydalanish an’anasi, davr ruhi bilan mutanosibligi, ijodkor maqsad qilgan fikr va qarashlarning majoziylik bilan aloqasi ochib berilgan;
«Devonu lug‘otit turk»da ranglarning majoziy ma’no anglatishida xalq og‘zaki ijodi namunalarida ifodalangan fikrlar ramziyligi hamda «Qutadg‘u bilig»da ranglarga yangi-yangi ma’nolar yuklatilib, o‘ziga xos original ramziy tasvirlar yaratishda muallif mahorati aniqlangan;
tahlil etilayotgan yozma obidalardagi qushlar va hayvonlar obrazlari, ularning rangi, hayot tarzi, siyratidagi hushyorlik, shiddatkorlik va boshqa shunga o‘xshash xarakterli belgilarini ifodalash orqali turli xarakterga ega bo‘lgan insonlar ramziy o‘xshatish, ramziy sifatlash, majoziy mursallar orqali ifodalanganligi hamda hayvonlar va qushlar poetikasi asosida turli xarakterdagi inson tasvirining yaratilganligi asoslangan;
turkiy adabiyot namunalarida fasllar, tabiat hodisalari, nabodot olamining o‘z harakat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muallifga ramziy obraz, ramziy fikr anglatuvchi tasvir yaratishga asos bo‘lgani va ular yaxshi va yomon insonlar, do‘st hamda dushmanlarning ramziy tasvirini yaratishga vosita bo‘lib xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XI-XII asrlar turkiy adabiyotida majoziy tasvir poetikasining badiiy talqinini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
majoziy tasvir va ramzlar xususidagi amaliy natijalardan OT-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy-ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 apreldagi FTA-89-03/1357-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy-nazariy natijalarning qo‘llanilishi Sharq mumtoz adabiyotida XI–XII asrlar badiiy tafakkuri nuqtai nazaridan, assotsiativ tarzda, tabiat hodisalari, nabodot va hayvonot dunyosi, osmon jismlari yordamida ifodalangan ramziy tasvirlarning poetik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
turkiy adabiyotida majoziy tasvir poetikasi, majoziylikni hosil qiluvchi vositalarga oid xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Mingta o‘git” teledasturida “Bobur g‘azallarida rang-tasvir majozi” mavzusidagi ko‘rsatuvni efirga tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 22 iyundagi 09-01/300-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv orqali teletomoshabinlarga rang-tasvir majozi, ramziylik va majoziylikni hosil qilish yo‘llari, majoziy talqinni to‘g‘ri anglash xususida ma’lumotlar berishga ko‘maklashgan;
majoziy tasvirning o‘ziga xos jihatlari, ularning qadimgi turkiy adabiyotda qo‘llanilishi, ramz, allegoriya, ramziy sifatlash, ramziy o‘xshatish, ramziy kinoya, ramziy mubolag‘a, majozi mursal kabi ko‘chimlarni hosil qiluvchi vositalarining xususiyatlari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi «Sadoqat» ijodiy to‘garagi seminar yig‘ilishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 18 iyuldagi 01-03/950-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning amaliyotda qo‘llanilishi to‘garak a’zolari bo‘lgan yosh ijodkorlarning badiiy asar yaratish jarayonida eng muhim jihatlaridan biri majoziylikni hosil qiluvchi tasvir vositalari ekanligini teranroq anglashlariga ko‘maklashgan.