Jalalova Gulbahor Odiljonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlarining epistemologik mohiyati», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fa113.

Ilmiy rahbar: Abdullaeva Mahbuba Nurullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  ilmiy bilimlardagi zamonaviy transformatsiya jarayonlari  va unga ta’sir qiluvchi omillarni kshhsatishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonining mohiyati murakkab tizimlar nazariyasiga asosan ochib berilgan;

ilmiy bilimlardagi transformatsiyaning asosiy xususiyatlari (diaxron va sinxron) asoslangan;

ilmiy bilimlardagi transformatsiyaning fanlararo yondashuv, globallashuv kabi yo‘nalishlariga oid bilimlar takomillashtirilgan;

fan va ta’limning o‘zaro aloqadorligi, respublikamizdagi bakalavr va magistrlarning o‘quv dasturlariga fanlararo yondashuvga asoslangan bilimlarni kiritish vositasida yoshlarda murakkab tafakkurni shakllantirish hamda sinergetik ta’lim modelining zaruriyati epistemologik jihatdan asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlarining epistemologik mohiyatiga oid ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:

 ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlarining epistemologik mohiyatining murakkab tizimlar nazariyasiga asosan ochib berilishiga doir xulosalar «Epistemologiyaning zamonaviy muammolari» (Toshkent: Falsafa va huquq, 2012. 2-kitob. 1-bob. – B.63-71. (hammualliflikda). ISBN 978-9943-355-58-3; BBK 87ya7e70)); «G‘oyalar falsafasining nazariy-metodologik asoslari» (Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2013 yil. 2 va 5-boblar. - B.19-29; 62-79. (hammualliflikda) ISBN 978-9943-11-178-5; BBK-66, 5(5u)) nomli oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalarda va «Falsafa: ensiklopedik lug‘at»da (Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2010 yil. - B. 23-24. 31; 44; 48-49; 97; 117; 132-134; 197-198; 210-211; 261-262; 290.ISBN 978-9943-07-115-5; BBK 87ya2) o‘z aksini topgan. Ilgari surilgan ilmiy xulosalar epistemologiyaga oid nazariy bilimlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;

ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlaridagi asosiy xususiyatlarning diaxron va sinxron asoslanishiga oid ilmiy xulosalardan «Ilmiy g‘oyalarning ijtimoiy taraqqiyotdagi falsafiy ahamiyati” (Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti. Navro‘z, 2014 yil. 2 bob. - B. 31-54. (hammualliflikda) ISBN 978-9943-381-68-1; KBK 67.412(5G‘)) nomli oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan. Ilmiy xulosalar o‘quv qo‘llanmani nazariy-metodologik boyitish imkonini bergan;

ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlarining fanlararo yondashuv, globallashuv kabi yo‘nalishlariga oid xulosalardan A-1-06 raqamli  «Yoshlarning intellektual salohiyatini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 apreldagi 89-03-1537-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mamlakatimiz yoshlarining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan  targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;

fan va ta’limning o‘zaro aloqadorligi, respublikamizdagi bakalavr va magistrlarning o‘quv dasturlariga fanlararo yondashuvga asoslangan bilimlarni kiritish vositasida yoshlarda murakkab tafakkur va sinergetik ta’limni shakllantirishga oid ilmiy xulosalaridan Oliy ta’lim vazirligi Axborot-metodik xizmatida «3610600–Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi» tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi Axborot-metodik xizmatining 2016 yil 14 iyundagi 01/06–04 raqamli sertifikati). Ushbu konsepsiyani tayyorlashda sinergetik ta’lim modelining zaruriyatiga oid takliflarni o‘rganish yoshlar ilmiy salohiyatiga oid markaz faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish