Hasanov Oybek Mardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik xavfsizlikni ta’minlashda moliyaviy mexanizmlar rolini oshirish” 
08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt508
Ilmiy rahbar: Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik xavfsizlikni ta’minlashda moliyaviy mexanizmlar rolini oshirishga oid taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanuvchi hamda ishlab chiqaruvchi jismoniy va yuridik shaxslarni er, mol-mulk solig‘idan ozod qilish va ularni moliyaviy mexanizmlar vositasida qo‘llab quvvatlash taklif etilgan;
atrof-muhitga chiqarayotgan ifloslantiruvchi gazlarini kamaytirish maqsadida elektr dvigatel` yordamida harakatlanadigan transport vositalarini import qilish 
0 foizli boj qo‘llash va mamlakatimizda ekologik xavfsiz (elektromobil`, gibrid) avtomobillarni ishlab chiqarishni qo‘llab quvvatlashga doir takliflar tavsiya qilingan;
suv resurslaridan samarali foydalanishni soliqlar vositasida tartibga solish maqsadida alkogol` mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonalar soliq stavkalarini 
50 baravardan ko‘proqqa oshirish bo‘yicha taklif berilgan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda chiqindilarni qayta ishlashning takomillashtirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanganligi sababli chiqindilarni qayta ishlash tarmoqlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlarini tatbiq etish shuningdek, atrof-muhitga jiddiy salbiy ko‘rsatadigan avtomobillar shinalarini utilizatsiya qilish uchun majburiy to‘lovlar joriy etish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ekologik xavfsizlikni ta’minlashda moliyaviy mexanizmlar rolini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:
qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanuvchi hamda ishlab chiqaruvchi jismoniy 
va yuridik shaxslarni er, mol-mulk solig‘idan ozod qilish va ularni moliyaviy mexanizmlar vositasida qo‘llab quvvatlash taklifi Soliq kodeksining 414, 421, 428 va 436-moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi 
PQ-57-son Qarorida o‘z aksini topgan (Soliq qo‘mitasining 2019 yil 18 dekabrdagi 
17-36527-sonli va 2024 yil 23 dekabrdagi 18/2-130840-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-2024 yillar davomida fuqarolar egaligida bo‘lgan 335 ta turar joy ob’ektlariga 274.8 mln.so‘m va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan 306 ta ob’ektlarga 105 763,9 mlrd.so‘m mol-mulk va er soliqlaridan imtiyozlar qo‘llanilgan. Shuningdek, 2023 yil va 2024 yilda jami 13 522 nafar jismoniy shaxsga 13 782,5 mln.so‘m (o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan 13 million 782 ming 447 kVt/soat elektr energiyasi uchun) davlat byudjetidan subsidiya ajratilgan;
atrof-muhitga chiqarayotgan ifloslantiruvchi gazlarini kamaytirish maqsadida elektr dvigatel` yordamida harakatlanadigan transport vositalarini import qilish 
va mamlakatimizda ekologik xavfsiz (elektromobil`, gibrid) avtomobillarni ishlab chiqarishni qo‘llab quvvatlashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PQ-3818-son, 26 dekabrdagi PQ-4086-son 
va 2022 yil 19 dekabrdagi PQ-443-sonli Qarorlarida o‘z aksini topgan 
(Soliq qo‘mitasining 2019 yil 18 dekabrdagi 17-36527-sonli va 2023 yil 25 yanvardagi 
18/1-08927-sonli ma’lumotnomalari). Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonga elektr avtomobillar importining soni 2018 yilda atigi 18 tani tashkil etgan bo‘lsa 2024 yilga kelib 24 095 taga etdi, shuningdek, Jizzax shahrida 
“BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasi ishga tushirilgan va 2024 yil davomida (CKD) usulida 50 ming dona (keyinchalik yiliga 500 ming donagacha oshirish) elektromobil` va gibrid avtomobillar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan;
suv resurslaridan samarali foydalanishni soliqlar vositasida tartibga solish maqsadida alkogol` mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonalar soliq stavkalarini oshirish bo‘yicha taklif berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son Qonuniga binoan amaliyotga joriy etilgan va ushbu turdagi faoliyat turlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi oshirilgan 
(Soliq qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 21-42668-sonli ma’lumotnomasi). 
Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishini natijasida alkogol` mahsuloti ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun soliq stavkalari qariyb 60 barobarga yaqin oshirilgan va eng asosiysi suvdan samarali foydalanishga erishilgan shuningdek, ushbu fiskal islohot korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda chiqindilarni qayta ishlashning takomillashtirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanganligi sababli chiqindilarni qayta ishlash tarmoqlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlarini tatbiq etish shuningdek, atrof-muhitga jiddiy salbiy ko‘rsatadigan avtomobillar shinalarini utilizatsiya qilish uchun majburiy to‘lovlar joriy etish takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-son 
va 2023 yil 28 dekabrdagi O‘RQ-891-son Qonunlari asosida amaliyotga qabul qilingan (Soliq qo‘mitasining 2023 yil 25 yanvardagi 18/1-08927-sonli va 2024 yil 2 iyuldagi 18/3-64035-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi natijasida chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 170 ta korxona joriy etilgan holda 2023 yil va 2024 yilning birinchi yarimiga qadar 43,2 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozga ega bo‘lgan shuningdek, O‘zbekistondagi shina ishlab chiqaruvchi korxonalardan 2024 yil davomida byudjetga 2,2 mlrd. so‘m shinalar utilizatsiyasi uchun yig‘im undirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish