Mamadaliev Qudratbek Maribovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchi-talabalar salomatligi va jismoniy faolligini oshirishda ertalabki badan tarbiya mashqlaridan foydalanish samaradorligi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3920.
Ilmiy rahbar: Niyazov Saxibjon Sabirjanovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Masharipov Farxod Turaxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchi-talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini oshirish boyicha taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak-o‘qituvchi talabalarning jismoniy va funksional imkoniyatlarini shakllanish sur’atini aniqlash maqsadida bo‘sh vaqtlar bandligini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ekskluziv so‘rovnoma dasturlari yordamida ularning funksional va intellektual ish qobiliyatini ta’minlash hisobiga kundalik faoliyatida bajariladigan harakatlarni faol bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
birinchi bosqich talabalarida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘tkazib borilgan mashg‘ulotlar yakunida turli statik holatlarda muvozanat saqlash turg‘unligi va jismoniy harakatlar faolligini oshirish maqsadida kasbiy-amaliy jismoniy mashg‘ulotlar bajarilish hisobiga jismoniy faollik va tayyorgarlik darajasini o‘sish sur’ati yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning yurakni qisqarish ritmi, nafas olish chastotasi tizimining jismoniy yuklamalarga reaksiyasini aniqlash maqsadida har bir mashqda yurak qisqarish soni (tinch holatda va belgilangan yuklamadan keyin) ko‘rsatkichlarining tiklanish tezligini aniqlash hisobiga yuklamalarni me’yorlash samaradorligi oshirilgan;
jismoniy tarbiya yo‘nalishiga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining sog‘lom turmush tarzida faol ishtirok etishi, jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lomlashtirish darajasini oshirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik va vegetativ reaksiyalar darajasini, fiziologik me’yorlar saqlash imkoniyatini beruvchi “stretching-relaksatsiya-nafas” hamda sxematik maqsadli modeldan foydalanish hisobiga badan tarbiya mashqlarini belgilangan vaqt me’yorlariga ko‘ra bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak o‘qituvchi-talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari asosida: 
bo‘lajak-o‘qituvchi talabalarning jismoniy va funksional imkoniyatlarini shakllanish sur’atini aniqlash maqsadida bo‘sh vaqtlar bandligini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ekskluziv so‘rovnoma dasturlari yordamida ularning funksional va intellektual ish qobiliyatini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarini tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-sonli buyrug‘iga asosan, 257-027 raqami guvohnoma). Natijada, 90 nafar talabalardan 70-78,9 % jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanmasligi, 81,9 % kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik haqida tasavvurga ega emasligi aniqlangan;
birinchi bosqich talabalarida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘tkazib borilgan mashg‘ulotlar yakunida turli statik holatlarda muvozanat saqlash turg‘unligi va jismoniy harakatlar faolligini oshirish maqsadida kasbiy-amaliy jismoniy mashg‘ulotlar bajarilish Andijon davlat universiteti mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 
2023-yil 4-sentyabrdagi 03-01/04/20/9012-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar – yurak qisqarish chastotasi 7,59 %, nafas olish soni 18,07 % tejamli ishlash rejimiga moslashgan, muvozanat saqlash turg‘unligi 67,49 % ga oshgan; 
oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning yurakni qisqarish ritmi, nafas olish chastotasi tizimining jismoniy yuklamalarga reaksiyasini aniqlash maqsadida har bir mashqda yurak qisqarish soni (tinch holatda va belgilangan yuklamadan keyin) ko‘rsatkichlarining tiklanish tezligini aniqlash bo‘yicha takliflar Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 4-sentyabrdagi 03-01/04/20/9012-son ma’lumotnomasi). Natijada, joydan uzunlikka sakrash 6,71 % ga, turnikda tortilish 22,12 % ga, nafasni saqlash yoki gipotik turg‘unlik 15,96 % ga, nafasni saqlash -20,03 % ga o‘sgan;
jismoniy tarbiya yo‘nalishiga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining sog‘lom turmush tarzida faol ishtirok etishi, jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lomlashtirish darajasini oshirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik va vegetativ reaksiyalar darajasini, fiziologik me’yorlar saqlash imkoniyatini beruvchi “stretching-relaksatsiya-nafas” hamda sxematik maqsadli modeldan foydalanish Andijon davlat pedagogika instituti talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 4-sentyabrdagi 
03-01/04/20/9012-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik darajasi talabalarda 20,66 % ga, funksional imkoniyatlar 15,59 % ga yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish