Abdunosirova Ozodaxon Botirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Temuriylar davri madaniy hayotida sulola vakillarining tutgan o‘rni, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1071.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Erqo‘ziev Anvarjon Ashurovich, tarix fanlari nomzodi, O‘ljaeva Shohista Mamajonovna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temuriylar davri madaniy hayotida sulola vakillarining tutgan o‘rni, shaxsiy ishtiroki va bunyodkorlik faoliyatini yaxlit holatda yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shohrux mirzo tomonidan 1416-yilda fathnoma yozdirilgani va shu munosabat bilan Yazd shahrida masjid qurdirilgani, hamda uning bosh me’mori Shohnizom Kermoniy ekanligi aniqlangan;
Shohrux mirzo farmoni bilan Eronning Sheroz shahridagi maqbara devorlariga bitilgan “katiba”ning qayta tiklanganligi, yana birining esa Ibrohim Sulton tomonidan yozilganligi dalillangan;
temuriylar davrida qurilgan “Bozorcha-yi Shayx Chovush” masjidi (Amir Temur), “Alouddavla mirzo” masjidi (Alouddavla mirzo), “Chahorsuq” bozori (Alouddavla mirzo), “Madrasayi Pulband” (Sulton Ahmad mirzo), “Hazrati Mahdumiy” mozori (Sulton Husayn Bayqaro), “G‘iyosiddin Ahmad Xadofiy” maqbarasi (Sulton Husayn Bayqaro) kabi madaniy-maishiy inshootlarning joylashuvi, qurilish va qayta tiklanish sanalariga aniqlik kiritilgan;
temuriylar sulolasi vakillaridan she’riyat bilan shug‘ullangan 63 nafar shahzodaning shaxsi va ijodiga aniqlik kiritilib, shundan 43 nafarining XIV asr oxiri va XVI asr boshlarida ijodiy faoliyat olib borganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temuriylar davri madaniy hayotida sulola vakillarining tutgan o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Shohrux mirzo tomonidan 1416-yilda fathnoma yozdirilgani va shu munosabat bilan Yazd shahrida masjid qurdirilgani, hamda uning bosh me’mori Shohnizom Kermoniy ekanligiga oid ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 8-maydagi 04-05/1763-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu materiallar muzeyning “Tarix bo‘limi” fondini boyitishga va muzeyga tashrif buyuruvchilarning bu boradagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
Shohrux mirzo farmoni bilan Eronning Sheroz shahridagi maqbara devorlariga bitilgan “katiba”ning qayta tiklanganligi, yana birining esa Ibrohim Sulton tomonidan yozilganligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 2-maydagi 02-06-597-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning temuriylar davri madaniy hayotida sulola vakillarining tutgan o‘rniga doir yangi bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
temuriylar davrida qurilgan “Bozorcha-yi Shayx Chovush” masjidi (Amir Temur), “Alouddavla mirzo” masjidi (Alouddavla mirzo), “Chahorsuq” bozori (Alouddavla mirzo), “Madrasayi Pulband” (Sulton Ahmad mirzo), “Hazrati Mahdumiy” mozori (Sulton Husayn Bayqaro), “G‘iyosiddin Ahmad Xadofiy” maqbarasi (Sulton Husayn Bayqaro) kabi madaniy-maishiy inshootlarning joylashuvi, qurilish va qayta tiklanish sanalariga oid xulosalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini yanada boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 8-maydagi 04-05/1763-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida yangi ekspozisiyalarni keng ommaga taqdim etish imkoniyati yaratilgan va muassasaga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning bu boradagi bilim va tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
temuriylar sulolasi vakillaridan she’riyat bilan shug‘ullangan 63 nafar shahzodaning shaxsi va ijodiga aniqlik kiritilib, shundan 43 nafarining XIV asr oxiri va XVI asr boshlarida ijodiy faoliyat olib borganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 2-maydagi 02-06-597-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvning temuriylar davri madaniy jarayonlariga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga va teletomoshabinlarning bilim va tasavvurlarini yanada kengayishiga xizmat qilgan.