Yuldasheva Moxigul Turdalievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez disfunksiyalarida timusning struktur xususiyatlari», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib266.

Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Usmanov Ravshan Jaxongirovich, tibbiyot fanlari doktori professor; Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: kalamushlarda prepubertat va jinsiy etilish davrlarida chaqirilgan tajribaviy gipo- va gipertireozlarda timusning o‘ziga xos struktur xususiyatlarini optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor kompleks morfologik, morfometrik va elektron-mikroskopik tekshiruv usullari yordamida tiroid gormonlarning tajribaviy nomutanosibligida timusda yuzaga keladigan o‘zgarishlarning ma’lum qonuniyatlari, mazkur o‘zgarishlarning rivojlanish darajasini ta’sir xarakteri va hayvonlarning yoshiga bog‘liqligi  asoslangan;

timusdagi eng kuchli struktur-funksional o‘zgarishlar prepubertat davrda uzoq muddatli gipotireoz chaqirilgan kalamushlarda qayd etilib, mazkur o‘zgarishlar timusning vazni, timus bo‘lakachalari va po‘stloq sohasi absolyut maydonining kamayishi, bir vaqtning o‘zida timusda timotsitlarning nobud bo‘lishining kuchayishi va aksincha, ularning proliferativ faolligi va joylashish zichligining kamayishi bilan isbotlangan;

prepubertat davrda chaqirilgan tajribaviy gipertireoz, aksincha, timus vazni indeksining ko‘tarilishi, po‘stloq moddaning kattalashishi hisobiga bo‘lakchalar maydonining oshishi, timotsitlar mitotik faolligining bir muncha o‘sishi tufayli ularning joylashish zichligini oshishiga; qisqa muddatli gipertireoz uchun L-tiroksin yuborilishi to‘xtatilgandan so‘ng struktur-funksional ko‘rsatkichlarning me’yorlashuvi tendensiyasi bilan timusning uncha rivojlanmagan gipoplaziyasi xosligi isbotlangan;

jinsiy etilgan hayvonlarda chaqirilgan gipo- va gipertireozlar prepubertat yoshdagi kalamushlarda kuzatilgandagi kabi o‘xshash o‘zgarishlar bilan tavsiflanishi, o‘zgarishlar darajasi ancha pastligi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qalqonsimon bez disfunksiyalarida timusning struktur xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Timus va qalqonsimon bezning struktur-funksional o‘zaro aloqalari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 noyabrdagi 8n-d/245-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qalqonsimon bez funksiyalarining buzilishi bilan kechuvchi turli kasalliklarda kuzatiladigan immun buzilishlar mexanizmlari haqidagi tasavvurlarni ahamiyatli kengayishi va chuqurlashuvini ta’minlash imkonini bergan;

qalqonsimon bez disfunksiyalarida timusning struktur xususiyatlari solishtirma tahlili asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi insitutlararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tibbiy biologiya laboratoriyalari faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 8n-z/212-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi qalqonsimon bez disfunksiyalarida timusning struktur xususiyatlari o‘rganish, qalqonsimon bezning turli disfunksiyalari mavjud bolalar, o‘smirlarda kasallikni oldini olish va davolashning patogenetik usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish