Xakimov Dilshodbek Mamadalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ajratuvchi aralashuvlar ilg‘or texnologiyalari: portal gipertenziyaning zamonaviy xirurgiyadagi ahamiyati va o‘rni», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib284.
Ilmiy maslahatchi: Devyatov Andrey Vasil`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Granov Dmitriy Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.M. Kirov nomidagi Harbiy-tibbiy akademiyasi federal davlat byudjet oliy ta’lim harbiy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:qoniqarsiz natijalarning sabablarini omilli tahlil qilish va amaliyotning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan portal gipertenziya sindromi bilan bemorlarda gastroezofageal kollektorni total ajratish samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PGli JS turli ko‘rinishlarining gemorragik sindrom rivojlanish chastotasiga ta’siri o‘rganilgan va antropometrik, klinik-laborator va instrumental ma’lumotlar asosida QOVKVdan qon ketish rivojlanish asosiy xavf omillari aniqlangan;
PG sindromi bilan bemorlarda GEKTA asl usuli qoniqarsiz natijalari hamda amaliyotning texnik jihatlari va patologik jarayon kechishi tomonidan qon ketishning qaytalanishi sabab-oqibat bog‘liqliklari aniqlashtirilgan;
portal genezli qon ketishlarni davolash va oldini olishda eng istiqbolli amaliyot bo‘lib hisoblanuvchi gastroezofageal kollektorni karkas ustida ligatura yordamida ajratish usuli ishlab chiqilgan;
GEKTA ligaturali usulida oshqozon devorida struktur o‘zgarishlar aniqlangan va to‘liq chandiqli transseksiya shakllanib, kardial soha tarafga intramural qon oqimining to‘xtashi jihatdan usulning samaradorligi isbotlangan;
QOVKVdan qon ketishni davolash va qaytalanishlarning oldini olish jihatdan GEKTA modifikatsiyalangan usulining samaradorligi va uning turli etiologiyali PG bilan bemorlar yashab qolish ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
PG bilan bemorlarda oshqozonning ekstra- va intramural venalar kollektori miniinvaziv transseksiyasi uchun laparoskopik ajratish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
PGli JS bilan bemorlarni tashxislash va davolashni yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Portal gipertenziyada ilg‘or texnologiyalar» va «Portal genezli qizilo‘ngach-oshqozondan qon ketishlarda endoskopik texnologiyalar» uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 8n-d/164-son va 2018 yil 16 fevraldagi 8n-d/34-son ma’lumotnomalari). Bu turdagi amaliyotni bajarishning texnik jihatlarini takomillashtirish amaliyotdan keyingi yaqin va uzoq muddatlardagi maxsus asoratlar rivojlanish xavfini, xususan, gemorragik sindromni 27%dan 14,6%gacha, gastrostazni 19,6%dan 8,2%gacha, anastomozit yoki eroziyali gastritni 23,9%dan 16,4%gacha va oqibatda o‘lim ko‘rsatkichini 12,7%dan 6,8%gacha kamaytirish imkonini bergan;
portal genezli qon ketishlar bilan bemorlarni xirurgik davolash sifatini oshirishga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyat filiallari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 oktyabrdagi 8n-d/217-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Gastroezofageal kollektorni total ajratishning taklif etilgan usullari asosida PG bilan bemorlar orasida yashab qolish ko‘rsatkichlarini 1 yillik kuzatuvda 74%gacha, 3 yillik kuzatuvda 70%gacha va 5 yillik kuzatuvda 64%gacha yaxshilashga erishilgan, shuningdek respublika xirurgik xizmatining turli tibbiyot muassasalarida davolash xizmati ko‘rsatish miqyosi kengaytirilgan.