Xamrakulova Xurshida Kuvvatovnaning
fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘zbek nasrida hayot va o‘lim muammosining badiiy talqinlari”, 10.00.02– O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil19.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Normatov Umarali, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hayot va o‘lim muammosini adabiy-estetik kategoriya sifatida aniqlashtirish, tanatologiyaning XX asr o‘zbek nasrida tutgan o‘rnini ko‘rsatish orqali tiriklik va o‘lim falsafasining o‘zbek adabiyotidagi ilmiy-nazariy asoslarini belgilashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr o‘zbek nasrida hayot va o‘lim muammosining badiiy talqini adabiy-estetik kategoriya sifatida asoslangan;
tiriklik va o‘lim chegarasidagi insonning o‘limoldi holatlarining badiiy tadqiqi natijasida personajni o‘limga olib boruvchi ijtimoiy-psixologik omillar dalillanib, yozuvchi ijod konsepsiyasiga oid tamoyillar ochib berilgan;
personaj o‘limoldi vaziyatlarining badiiy talqinini berish orqali muammoning xudkushlik va padarkushlikka oid adabiy-estetik va ijtimoiy-psixologik sabablari aniqlangan;
XX asr o‘zbek nasrida hayot va o‘lim masalalarini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berish natijasida muammoning umumbashariy ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
mustaqillik davri adabiyoti hayot va o‘lim muammosining badiiy talqini borasida polisemantik xususiyatga egaligi nasrning turli janrlari misolida ochib berilgan;
yangi o‘zbek adabiyotida hayot va o‘lim muammosining turli talqinlari yuzaga kelganligi jadid adabiyoti, sho‘ro adabiyoti, mustaqillik davri adabiyoti misolida bosqichma-bosqich asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
hayot va o‘lim muammosini adabiy-estetik kategoriya sifatida o‘rganish, XX asr o‘zbeknasrida hayot va o‘lim muammosiga konseptual yondashish, uni yigirmanchi asr o‘zbek adabiyoti davrlari nuqtai nazaridan tahlil qilish, mazkur muammoning yuzaga kelish sabablarini aniqlash, personaj o‘limoldi vaziyatlarining badiiy talqini, xudkushlik va padarkushlik muammolarining badiiyatda aks etishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asr sho‘ro davri va mustaqillik davri adabiyoti namunalarini jahon adabiyoti namunalari bilan qiyoslab o‘rganish asnosida shaxs fojiasi va ijtimoiy-psixologik maummolarning umumiy va xususiy holatlaridan kelib chiquvchi tipologiyaga doir xulosalaridan FA–F1-G040 raqamli “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 16 avgustdagi 311255-2186-son ma’lumotnomasi). XX asr o‘zbek nasrida hayot va o‘lim muammosining badiiy talqinlari romanlardagi hayot va o‘lim masalasining alohida nazariy manba sifatida adabiyotshunoslikda o‘rganilishi joiz degan xulosalarga asos bo‘lgan;
hayot va o‘lim muammosining o‘zgarishi, rivojlanishi, o‘zaro aloqadorligi va uzviy bog‘liqligi, muammoning bosqichlararo o‘xshash va farqli tomonlari, padarkushlik va xudkushlik masalasining badiiyatdagi echimi uning adabiy-estetik kategoriya sifatida o‘rganilishiga asos bo‘lgan xulosalaridan OT–F8-151 raqamli “Adabiyot ensiklopediyasi” ning hayot va o‘lim muammosi bilan bog‘liq bobida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 89-03-2517-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr o‘zbek nasrida hayot va o‘lim muammosining tadqiqi uning adabiy-estetik kategoriya ekanligi haqida xulosalarga xizmat qilgan;
XX asr boshlarida istiqlol uchun kurashgan jadid adabiyoti vakillari va ularning asarlari hayot va o‘lim kategoriyasi nuqtai nazaridan o‘rganilganda bu davr adabiyotining ijtimoiy-psixologik mazmun kasb etgani, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish ijtimoiy konsepsiya darajasiga ko‘tarilganiga oid xulosalaridan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2798-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr o‘zbek nasrida hayot va o‘lim muammosining badiiy talqinini o‘rganish masalaning tabiiy-biologik va milliy-islomiy talqinlariga, shuningdek, ijtimoiy-psixologik jihatlariga urg‘u berish, personaj ichki olamini tadqiq qilish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan;
o‘zbek adabiyotida o‘lim mavzusining o‘ziga xos kriteriylarini ochib berishda, jamiyat hayotidagi siyosiy o‘zgarishlar odamlarning o‘limga nisbatan ongida aks etuvchi fikrlari yozuvchi – davri – badiiy asar triosida jam bo‘lishi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan AQShning Atlanta shahridagi Emori universiteti O‘rta Sharq va Janubiy Osiyo fakul`teti Islom sivilizatsiyasini o‘rganish kafedrasida O‘rta Osiyolik ayol yozuvchilarning din, oila va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganuvchi ilmiy tadqiqotda foydalanilgan (Emori universitetining 2018 yil 10 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Unda davrga xos psixologik evrilishlarning tadqiqi adabiyotni muhim davrlarga bo‘lib o‘rganishda, mavzu doirasining individual holatdan jamiyatga aloqador konsepsiya darajasiga ko‘tarilish omillarini tadqiq qilishda, O‘rta Osiyo ayol yozuvchilar ishlarini Evropa va Sharq an’analari elementlari asosida qiyosan o‘rganish joiz degan xulosalarga asos bo‘lgan;
jadid adabiyotining yetakchi tendensiyalari, sho‘ro davri adabiyotining, xususan, 20 – 30-yillar qattol siyosatining badiiyatga ta’siri masalalari hayot va o‘lim muammosini o‘rganish nuqtai nazaridan alohida bosqichga ko‘tarilgani haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Baku Evroosiyo universitetining Turk va xorijiy o‘lka filologiyasi kafedrasida bajarilgan fundamental tadqiqotda foydalanilgan (Baku Evroosiyo universitetining 2018 yil 11 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada dunyo adabiyoti tadrijini belgilashda, “Turk xalqlari poeziyasi arxitektonikasi: shakl va mazmun afzalliklari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilayotgan dissertatsiyani tayyorlashda, badiiy matnlarda hayot va o‘lim muammosini aniqlashtirishda muayyan xulosalarga kelingan.