Baxriddinova Feruzabonu Ulug‘bek qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.4.PhD/Ped 6318
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitish texnologiyalarini modifikatsiyalash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagogik antropologiya va antropologik yondashuv asosida o‘qitishga oid ta’limot va nazariyalarni tadqiq qilish orqali ular mazmunan boyitilgan, ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini antropologik yondashuvga tayangan xolda o‘qitishning mazmun-mohiyati, pedagogik-psixologik xususiyatlari, omillari va rivojlantirish bosqichlariga oid zamonaviy talablar (intellektual, irodaviy, ilmiy, ma’naviy) asosida ta’lim jarayonini tashkil etish mazmuni aniqlashtirilgan;
jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitishning tarixiylik, aksiologik, akmeologik, interfaol, muammoli, sinergetik hamda kreativ yondashuv g‘oyalari orqali mazkur jarayonni tashkil etishning nazariyasi, metodik, pedagogik shart-sharoitlari va refleksiv boshqaruv omillari (tarixiy-pedagogik, texnologik, diagnostik va kasbiy)ning o‘zaro integrasiyalashuv jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik jarayonlarni muvofiqlashtirish maqsadida ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitishning metodik ta’minoti, tarixiy vorislik va ijtimoiy faollik, an’analar va novatsion g‘oyalar uyg‘unligi, tarixiy refleksiya tamoyillariga tayangan holda integrativ-ijodiy topshiriqlar, vizual simulyasiya (tasvirli, namoyishli, interfeysli) kabi ta’lim vositalari va innovatsion (interfaol, muammoli, keys, refleksiv) texnologiyalar vositasida mazkur jarayonlarning amaliy-texnologik loyihalari hamda yangi o‘qitish metodikasi ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etish asosida asoslangan;
jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitish komponentlarini (mazmun va talablari, protsessual asoslari, metodik ta’minoti va didaktik shart-sharoitlari) mohiyati tarixiy-metodik o‘qitish usullari (manbalar tahlili, tarixiy vaqtning muayyan aspektlari, muhokama va munozara, tahlil qilish, strategik tahlil qilish) hamda amaliyotda joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik antropologiya va antropologik yondashuv asosida o‘qitishga oid ta’limot va nazariyalarni tadqiq qilish orqali ular mazmunan boyitilgan, ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini antropologik yondashuvga tayangan o‘qitishning mazmun-mohiyati, pedagogik-psixologik xususiyatlari, omillari va rivojlantirish bosqichlariga oid zamonaviy talablar mazmunini ochib berishga qaratilgan tadqiqot natijalari “Hamkorlik pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 218-837-sonli guvohnoma). Natijada pedagogik fanlarni o‘qitishning mazmuni, mohiyati va tamoyillarini aniqlashtirish imkoni oshirilgan;
jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitishning tarixiylik, aksiologik, muammoli, sinergetik hamda kreativ yondashuv g‘oyalari o‘qitishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari va refleksiv boshqaruv omillarining o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga ustuvorlik berishga doir takliflari “60110100 – Pedagogika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 12-fevraldagi 02/01-01-56-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning ta’limga oid g‘oyalaridan zamonaviy didaktik jarayonlarni rivojlantirish va boyitishga erishilgan;
pedagogik jarayonlarni muvofiqlashtirish maqsadida ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitishning metodik ta’minoti, tarixiy vorislik va ijtimoiy faollik, an’analar va novatsion g‘oyalar uyg‘unligi, tarixiy refleksiya tamoyillariga tayangan holda integrativ-ijodiy topshiriqlar, vizual simulyasiya kabi ta’lim vositalari va innovatsion texnologiyalar vositasida mazkur jarayonlarning amaliy-texnologik loyihalari hamda yangi o‘qitish metodikasi ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etish asosida takomillashtirishga doir takliflari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligni oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridag ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-fevraldagi 10/63-son dalolatnomasi). Natijada, jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitish komponentlarini mohiyati tarixiy-metodik o‘qitish usullari hamda amaliyotda joriy etish asosida takomillashuviga xizmat qilgan;
jadidlar faoliyatini antropologik yondashuv asosida o‘qitish komponentlarni mohiyati tarixiy-metodik o‘qitish usullari hamda amaliyotda joriy etish asosida takomillashtirishga oid amaliy takliflaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi O‘zbekiston ta’limida kerakmi?” mavzusidagi ko‘rsatuvni ssenariysini tayyorlashda foydaalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi 2025-yil 11-fevraldagi 01-20/62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni zamonaviy-tarixiy uyg‘unlik asosida texnologiyalarini rivojlantirishga erishilgan.