Abdullaev Alibek Qodiralievichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Informatika o‘qituvchilarida kasbiy pedagogik faoliyatini rivojlantirishning metodologik va konseptual-didaktik asoslarini takomillashtirish” (Malaka oshirish kurslari misolida), 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.DSc/Ped954
Ilmiy maslahatchi: Onorboev Baxodirjon Ochilboevich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yakubov Maqsadxon Sultanziyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Obidova Gulmira Kuzibaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universitet
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish kurslarida informatika o‘qituvchilarining ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni zamonaviy yondashuvlar hamda malaka talablari asosida kasbiy faoliyatga doir mahorati va kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiylar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining pedagogik-psixologik, tashkiliy-pedagogik kompetensiyalarini dasturiy paketlarga ustuvorlik berish asosida rivojlantirish imkoniyatini beruvchi didaktik ta’minoti taklif etilgan;
metodologik, texnologik va diagnostik-natijaviy komponentlar uyg‘unligi hamda umumdidaktik tamoyillar uzviyligi asosida malaka oshirish jarayonida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanish dinamikasi va tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modeli ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining loyihaviy-konstuktorlik, tashkiliy-boshqaruv hamda pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni umumlashtirish hamda pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatishning zamonaviy talablariga muvofiq interfaol va axborot texnikaviy vositalar (kompyuter, televideniya, telefon, internet, veb saytlar) asosida malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmi aniqlashtirilgan;
informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayoni yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda malaka oshirishning o‘quv dasturi va modulli dasturini ishlab chiqish “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatga xos sifatlarini hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini Xalqaro baholash dasturlari talablari asosida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan baholashning kognitiv, faoliyatli, shaxsiy mezonlari klasterli ta’lim muhitini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Informatika fani o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik va konseptual-didaktik asoslari bo‘yicha olingan tadqiqotlar natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonida pedagogik-psixologik, tashkiliy-pedagogik kompetensiyalarini dasturiy paketlarga ustuvorlik berish asosida rivojlantirish imkoniyatini beruvchi didaktik ta’minoti “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli guvohnomasi). Natijada malaka oshirish kurslari tinglovchilarning kasbiy pedagogik faoliyatini takomillashtirish va informatika o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning umumdidaktik tamoyillarining nazariy jihatdan asoslanganligi boyitilgan;
metodologik, texnologik va diagnostik-natijaviy komponentlar uyg‘unligi hamda umumdidaktik tamoyillar uzviyligi asosida malaka oshirish jarayonida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanish dinamikasi va tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modelidan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun malaka oshirish jarayonida informatika fani o‘qituvchilarining Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarining pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida kasbiy pedagogik faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi № 03-33-2348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Informatika” o‘qituvchilarida kasbiy pedagogik faoliyatni
rivojlantirishga xizmat qiluvchi "Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi" nomli darslik nashr etilgan.
umumiy o‘rta ta’lim maktablari va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining loyihaviy-konstuktorlik, tashkiliy-boshqaruv hamda pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni umumlashtirish hamda pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatishning zamonaviy talablariga muvofiq interfaol va axborot texnikaviy vositalar asosida malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmi “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” nomli Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-21091378 raqamli grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 6-sentyabr № 03-33-2348 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatini rivojlantirish mexanizmi kasbiy ta’lim va informatika ta’limi integratsiyasi asosida loyihaviy-konstuktorlik, tashkiliy-boshqaruv hamda pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni umumlashtirish hamda pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatishning zamonaviy talablariga muvofiq, interfaol ta’limni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi takomillashtirilgan;
informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayoni yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda malaka oshirishning o‘quv dasturi va modulli dasturini ishlab chiqish “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etishga oid takliflaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2022-2023 yillarda bajarilgan xorijiy grant "RoboGirls" loyihasi dasturidagi kam ta'minlangan oilalarning qizlarini bepul kompyuter sovodxonligi va robototexnikaga o‘rgatish amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 6 - sentyabr № 03-33-2348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘quv dasturi va modulli dasturi vositasida kam ta'minlangan oilalarning kompyuter savodxonligini rivojlantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatga xos sifatlarini hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini Xalqaro baholash dasturlari talablari asosida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan baholashning kognitiv, faoliyatli, shaxsiy mezonlari klasterli ta’lim muhitini joriy etish asosida oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-son buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 03-033-2348-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy talablar asosida umumiy o‘rta taʼlim maktablari pedagog xodimlarining kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish, ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan mexanizm informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining malaka darajasini oshishiga xizmat qilgan.